News cover

“Oltin eksport qilinmagani iqtisodiyotga bevosita salbiy taʼsir koʻrsatmaydi” — Markaziy bank raisi

Oʻzbekiston 2026-yil I choragida oltin eksport qilmagani iqtisodiyotga bevosita salbiy taʼsir koʻrsatmaydi. Bu haqda Markaziy bank raisi Timur Ishmetov 29-aprel kuni Toshkent shahrida oʻtgan matbuot anjumanida maʼlum qildi, deya xabar berdi “Daryo” muxbiri.

Regulyator 2025-yil oktyabrdan 2026-yil aprelgacha oltin eksportini amalga oshirmadi. Timur Ishmetov fikricha, iqtisodiyot oltinsiz eksport koʻrsatkichi asosida tahlil qilinishi muhim.

“Joriy yil I choragida oltinsiz eksport 25 foizga oshdi. Biz aynan oltinsiz eksportni tahlil qilishimiz kerak. Haqiqatdan ham oltin eksporti statistikaga katta taʼsir koʻrsatishi mumkin. Masalan, I chorakda joriy operatsiyalar boʻyicha balans taqchilligining manfiy darajasini goʻyoki kattaroq qilib koʻrsatdi. Lekin biz koʻproq oltinsiz eksportga qarashimiz lozim. Buning (oltin eksport qilinmaganining — tahr.) toʻgʻridan toʻgʻri salbiy taʼsiri yoʻq”, dedi Markaziy bank raisi.

Foto: Bloomberg

Timur Ishmetov regulyator oltinni ishlab chiqaruvchilardan sotib olgach, qimmatbaho metall mamlakat zaxirasiga kiritilishini taʼkidladi. Eksport qilinganda esa zaxiralar oltin qismi kamayib, valyuta miqdori oshishiga olib keladi. Yaʼni oltin savdosi zaxiralar tarkibi oʻzgarishiga taʼsir koʻrsatadi.

“Biz statistik koʻrsatkichlar, jumladan tashqi savdo balansi uchun oltin eksport qilmaymiz. Oʻzimizning strategiyamiz bor. Strategiya doirasida kerakli likvidlikni taʼminlagan holda, oltinni imkon qadar bozordagi ijobiy paytlarda sotishga harakat qilamiz. Yil yakunigacha oltin eksport qilish boʻyicha prognozimiz bor. Oʻsha prognozdagi miqdorda eksport qilinadi”, dedi Markaziy bank rahbari.

Oʻzbekiston 2025-yil yanvar-sentyabr oylarida rekord darajadagi qiymatda — 9,9 milliard dollarlik oltin eksport qildi. Bu toʻqqiz oylik respublika umumiy eksporti tushumlarining 37,1 foiziga teng. Oktyabrdan boshlab qimmatbaho metall eksporti toʻxtab qolgan.

Joriy yil 1-aprel holatiga koʻra, mamlakat zaxirasidagi sof oltin hajmi 13,4 million troy unsiyani (taxminan 417 tonna) tashkil etdi. Uning jahon bozoridagi qiymati 60,1 milliard dollarga baholangan. Taqqoslash uchun, 2025-yil apreli boshida mamlakat zaxirasida 11,82 million troy unsiya oltin boʻlgan (367,6 tonna). Qiymati esa 36,9 milliard dollar ekani ochiqlangan. Bir yil davomida zaxiradagi oltin hajmi salkam 50 tonnaga, qiymati esa deyarli 80 foizga oʻsgan.

Bugun, 19:21

Videolar

News cover

Uch bolali ayolga “Prezident sovgʻasi” sifatida berilgan uy tortib olinyapti

News cover

“Toj Mahal bo‘p ketibdi” — Imom Buxoriy majmuasidan reportaj

News cover

U Birinchi jahon urushida teatr qo‘ygan. Hamza uy-muzeyidan reportaj

News cover

Eron Trampning xatosiga aylanadimi?

News cover

Erondan keyingi nishon qolgan musulmon davlatlar bo‘ladi — elchi

Teglar

Ijtimoiy tarmoqlar: