Daryo

Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri o‘zgardi

Rossiyada 3 yil elchilik qilgan Yermek Kosherbayev mazkur lavozimni egalladi. Avvalgi TIV rahbari esa prezident yordamchisi bo‘ldi.

1 daqiqa o‘qish2 018 ko‘rishlar0 izoh0

Qozog‘iston prezidenti 2020—2023-yillarda Rossiyada elchi bo‘lib ishlagan Yermek Kosherbayevni mamlakat tashqi ishlar vaziri etib tayinladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Sobiq tashqi ishlar vaziri Murat Nurtleu esa prezidentning xalqaro investitsiya va savdo hamkorligi bo‘yicha yordamchisi bo‘ldi. U 4-sentyabr kuni qo‘lga olingani haqida xabarlar tarqalgandi. Nurtleu Xitoyda bo‘lib o‘tgan Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitidan qaytgach, o‘z uyida ushlangani aytilgandi. Keyinchalik Qozog‘iston rasmiylari va Tashqi ishlar vazirligi mazkur ma’lumotlarni rad etgan.

Yangi tashqi ishlar vaziri faoliyati

Yermek Kosherbayev mehnat faoliyatini Qozog‘iston SSR Tashqi ishlar vazirligida boshlagan. Uzoq vaqt davomida Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi tizimida turli lavozimlarda, jumladan, Shveytsariyadagi elchixonada ishlagan. Shuningdek, Prezident devonida maslahatchi bo‘lgan, Prezident protokol xizmati rahbari vazifasini bajargan, Bosh vazir yordamchisi bo‘lgan. Turli yillarda jamg‘arma va tashkilotlarga rahbarlik qilgan.

2014-yilda qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari, keyinroq Qishloq xo‘jaligi vazirligi mas’ul kotibi bo‘lgan. Yermek Kosherbayev shundan so‘ng TIVga ishga o‘tgan, u yerda turli vaqtlarda mas’ul kotib va vazir o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan. 2020-yil yanvar oyida Qozog‘istonning Rossiyadagi elchisi bo‘lgan.

2023-yil 16-iyun kuni esa Sharqiy Qozog‘iston viloyati hokimi etib tayinlangan. 2025-yil 14-fevralda esa Yermek Kosherbayev bosh vazir o‘rinbosari bo‘lgandi.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_moObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar