O‘zbekiston boks terma jamoasining XX Osiyo o‘yinlarida ishtirok etadigan tarkibi ma’lum bo‘ldi.
To‘lqin Qilichev boshchiligidagi terma jamoa 2–16-sentyabr kunlari Nisio shahridagi sport bazasida xalqaro qo‘shma o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida qatnashadi. Bokschilar ushbu yig‘in davomida musobaqaga tayyorgarlikning yakuniy bosqichini o‘tkazadi.
Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston sharafini quyidagi bokschilar himoya qiladi:
-55 kg: Samandar Olimov
-60 kg: Abdumalik Xalokov
-70 kg: Shavkatjon Boltayev
-80 kg: Fazliddin Erkinboyev
-90 kg: To‘rabek Xabibullayev
+90 kg: Jahongir Zokirov
Shu tariqa, O‘zbekiston bokschilari Osiyo o‘yinlarida barcha olti vazn toifasida ringga ko‘tariladi.
Terma jamoada To‘lqin Qilichevga murabbiylar — Xuan Enrike Steyners, Rahmatjon Ro‘ziohunov, Akmal Hasanov, Davron Gafurov, Nodir G‘ulomov, Alimardon Dostonov, Sherzodbek Ahmadjonov, Botir Mahmudov, Dmitriy Sinitskiy va Javlon Eshmatov yordam beradi.
Ma’lumot uchun, 20-Osiyo o‘yinlari 19-sentyabrdan 4-oktyabrgacha Yaponiyaning Aichi-Nagoya shahrida bo‘lib o‘tadi. Musobaqada Osiyo olimpiya kengashiga a’zo 45 ta Milliy olimpiya qo‘mitasidan sportchilar va rasmiy delegatsiyalar ishtirok etishi kutilmoqda. Turnida 43 ta sport turining 70 ta yo‘nalishida va 468 ta medallar jamlanmasi o‘ynaladi.








