Daryo

YCHL o‘yinlari oldidan Nepaldagi suv toshqini qurbonlari xotirasiga bir daqiqalik sukut saqlanadi

Shuningdek, har bir o‘yin oldidan maydonga “Sen yolg‘iz emassan, Nepal” yozuvi tushirilgan maxsus banner olib chiqiladi.

1 daqiqa o‘qish2 610 ko‘rishlar0 izoh0

Yevropa Chempionlar Ligasining kelayotgan haftada bo‘lib o‘tadigan o‘yinlari oldidan Nepalagi suv toshqini qurbonlari xotirasi uchun bir daqiqalik sukut e’lon qilinadi. Bu haqda Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) matbuot xizmati ma’lum qildi.

Shuningdek, har bir o‘yin oldidan maydonga “Sen yolg‘iz emassan, Nepal” yozuvi tushirilgan maxsus banner olib chiqiladi.

“Butun Yevropa futbol oilasi ushbu haftadagi o‘yinlar oldidan Nepal xalqiga o‘zining chuqur hamdardligi va qo‘llab-quvvatlashini bildirish uchun birlashadi. Biz ularga ushbu fojia hamda uning oqibatlarini yengib o‘tishda kuch va iroda tilaymiz”, dedi UEFA prezidenti Aleksander Cheferin.

Ma’lumot o‘rnida, 26-avgust kuni Nepal shimolida kuchli suv toshqini yuz berdi. Bunga qor ko‘chkisi sabab bo‘lgan. Katta tezlikda yopirilib borgan kuchli oqim o‘z yo‘lidagi aholi punktlarini vayron qilgan va ulkan hududlarni suv ostida qoldirgan. Hozirgi vaqtga kelib, qurbonlar soni 1,3 ming kishidan oshgani xabar qilinmoqda.

Dahshatli tabiiy ofat oqibatida 32 ming oila boshpanasiz qoldi, 7 500 ga yaqin uy vayron bo‘ldi hamda mamlakatning markaziy qismidagi muhim infratuzilma faoliyatiga jiddiy zarar yetdi. Qariyb 5 ming kishi, shu jumladan, 589 nafar chet el fuqarosi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, UEFA Chempionlar Ligasining 1-tur uchrashuvlar 8—10-sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadi. 

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar