Daryo

“Real” Bellingemning tovon pulini 1 mlrd yevro etib belgilaydi — jurnalist

Angliyalik futbolchining madridliklar bilan amaldagi shartnomasi 2029-yilning yoziga qadar amal qiladi. Shunga qaramay, klub rahbariyati yarimhimoyachi bilan kelishuvni muddatidan avval uzaytirishni rejalashtirmoqda.

1 daqiqa o‘qish5 004 ko‘rishlar0 izoh0

Madridning “Real” klubi jamoa yarimhimoyachisi Jud Bellingem bilan amaldagi shartnomani uzaytirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda jurnalist Ramon Alvares o‘zining X (sobiq Twitter) sahifasida xabar bergan.

Angliyalik futbolchining madridliklar bilan amaldagi shartnomasi 2029-yilning yoziga qadar amal qiladi. Shunga qaramay, klub rahbariyati yarimhimoyachi bilan kelishuvni muddatidan avval uzaytirishni rejalashtirmoqda.

Manbada yozilishicha, tomonlar yaqin kunlarda yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi. Yangi kelishuvga ko‘ra, Bellingemning tovon puli 1 milliard yevro etib belgilanadi. Bu boshqa klublar futbolchini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi bo‘lsa, ushbu summani to‘lashi kerakligini anglatadi. 

Eslatib o‘tamiz, Jud Bellingem 2023-yildan buyon “Real” sharafini himoya qilib kelmoqda. Ushbu davr mobaynida futbolchi madridliklar bilan Chempionlar Ligasi, Ispaniya La Ligasi, shuningdek, Ispaniya va UEFA Superkuboklarida zafar quchdi.

Ma’lumot uchun, Bellingem joriy mavsum “Real” safida 4 ta uchrashuvda ishtirok etib, 2 ta gol va 3 ta golli uzatma muallifiga aylangan. Transfermarkt portali Judning bozor qiymatini 160 million yevroga baholagan. 

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar