Daryo

Karlo Anchelotti Joze Mourinyo haqida: “U — buyuk murabbiy”

Italiyalik mutaxassis portugaliyalik hamkasbining salohiyatini yuqori baholab, sobiq jamoasi ishtirokidagi o‘yinlarni diqqat bilan kuzatishini yashirmadi

1 daqiqa o‘qish2 485 ko‘rishlar0 izoh0

Braziliya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Joze Mourinyoning Madridning “Real” klubi boshqaruviga qaytgani haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Italiyalik mutaxassis portugaliyalik hamkasbining salohiyatini yuqori baholab, sobiq jamoasi ishtirokidagi o‘yinlarni hamon diqqat bilan kuzatib borishini yashirmadi.

“Mourinyo — buyuk murabbiy. Ishonchim komilki, u bu yerda ajoyib natijalarga erishadi. ‘Real’ — mening uyim, oilam, u men uchun hamma narsa. Madridda juda baxtli damlarni o‘tkazganman. Shuning uchun ulay o‘ynaydigan kunlari doim televizorni yoqaman”, deya Anchelottining so‘zlarini keltirmoqda klub matbuot xizmati.

Eslatib o‘tamiz, yangi mavsumda Joze Mourinyo boshqaruviga o‘tgan “Real” Ispaniya La Ligasining dastlabki uchta turida yuz foizlik natija qayd etib, 9 ochko jamg‘ardi. Hozirda madridliklar faqatgina to‘plar nisbatiga ko‘ra “Barselona”dan keyin ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Ma’lumot uchun, Karlo Anchelotti 2013–2015 hamda 2021–2025-yillarda Madrid klubini boshqarib, jamoa bilan ko‘plab nufuzli sovrinlarni qo‘lga kiritgan. U 2025-yilning 12-mayida Braziliya terma jamoasi ustozi etib tayinlangan edi. Kuni kecha tajribali mutaxassis “Real”ning o‘quv-mashg‘ulot bazasiga tashrif buyurgani xabar qilingandi.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar