Daryo

“Barselona” JCHda qizil kartochkasi bekor qilingan futbolchi transferi uchun kurashga qo‘shildi

Folarin Balogunning “Monako” bilan amaldagi shartnomasi 2028-yil iyuniga qadar mo‘ljallangan.

1 daqiqa o‘qish2 459 ko‘rishlar0 izoh0

AQSH terma jamoasi va “Monako” klubi hujumchisi Folarin Balogun uchun kurashga “Aston Villa” hamda “Barselona” klublari ham qo‘shildi. Bu haqda L’Equipe nashri ma’lum qildi.

Avvalroq Londonning “Tottenhem” klubi amerikalik futbolchining transferi bo‘yicha Fransiya klubi bilan muzokaralarni boshlagani haqida xabarlar tarqalgan edi.

25 yoshli Balogun o‘tgan mavsumda “Monako”ning asosiy futbolchilaridan biriga aylandi. U barcha musobaqalarda 43 ta uchrashuvda maydonga tushib, 19 ta gol urdi. Hujumchi AQSH terma jamoasi safida ham JCH-2026 da o‘zining yaxshi o‘yinlari bilan e’tibor qozondi. Shunindek, uning mundial 1/16 finalidan o‘rin olgan Bosniya va Gersegovinaga qarshi bahsda olgan qizil kartochkasi va diskvalifikatsiya muddati amerikalik rasmiylarning aralashuvi bilan bekor qilingan edi. Natijada futbolchi Belgiyaga qarshi kechgan 1/8 final (1:4) bahsida maydonga tushgan.

Hozircha Balogun uchun asosiy da’vogarlardan biri “Tottenhem” bo‘lib turibdi. London klubi hujumchi transferi uchun qariyb 60 million yevro taklif qilishga tayyor. Shuningdek, “shporlar” “Manchester Siti” hujumchisi Omar Marmush bilan ham deyarli kelishuvga erishgan.

Balogunning “Monako” bilan amaldagi shartnomasi 2028-yil iyunigacha mo‘ljallangan. Shunga qaramay, monakoliklar transfer oynasi yopilguniga qadar futbolchini sotishga tayyor.

“Aston Villa” Balogunni Olli Uotkins “Al-Hilol”ga o‘tgan taqdirda uning o‘rniga olib kelishni rejalashtirmoqda. “Barselona” ham amerikalik hujumchining transferiga qiziqish bildirgan.

Ayni paytda Balogunning “Monako” mashg‘ulotlariga qaytishi kutilmoqda. U Konferensiyalar Ligasi saralash bosqichi doirasida Polshaning “Gurnik” klubiga qarshi javob uchrashuvida maydonga tushishi mumkin. Biroq transfer oynasi yopilguniga qadar hujumchining jamoasini o‘zgartirish ehtimoli ham saqlanib qolmoqda.

Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumanida tug‘ilganman. Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Sport jurnalistikasi fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2025-yil dekabr oyidan beri sport muxbiri lavozimida ishlayman va maxsus videomateriallar, tarjima maqolalar hamda xabarlar tayyorlayman. Sevimli filmim “Forrest Gamp”. “Shamol ortidan yugurib” (Xolid Husayniy) romanini yaxshi koʻraman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar