Daryo

Ukrainada korrupsiya mojarosi: Zelenskiy o‘z ofisining rahbari o‘rinbosarini ishdan oldi

Korrupsiyaga qarshi kurashuvchi organlar siyosiy arboblar boshchiligidagi jinoiy tashkilotni fosh etdi. Irina Mudrayaning uyida tintuv o‘tkazildi.

2 daqiqa o‘qish12 316 ko‘rishlar0 izoh0

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘z ofisi rahbarining o‘rinbosari Irina Mudrayani lavozimidan ozod qildi. Qaror Milliy aksilkorrupsiya byurosi (NABU) ning maxsus operatsiyasi haqidagi xabardan keyin e’lon qilindi.

Zelenskiy 19-avgust kuni “Mudraya Irina Romanovna Ukraina prezidenti ofisi rahbari o‘rinbosari lavozimidan ozod etilsin” degan farmonni imzolagan. Qaror sababiga aniqlik kiritilmagan. Biroq UNIAN nashrining yozishicha, bu Ukrainaning korrupsiyaga qarshi kurashuvchi organlari (NABU va SAP) tomonidan qo‘shma maxsus operatsiya o‘tkazilgani ortidan qabul qilingan. Natijada bir qator siyosiy arboblar boshchiligidagi jinoiy tashkilot fosh etilgan.

Ushbu tashkilot Ukrainaning amaldagi va sobiq xalq deputatlari rahbarligida faoliyat yuritgan. Shuningdek, unga prezident ofisining yuqori martabali amaldorlari va boshqa bir qator shaxslar jalb qilingan. Gap aynan kimlar haqida ketayotganiga NABU aniqlik kiritmagan.

Biroq manbalarning “RBK-Ukraina”ga ma’lum qilishicha, ish bo‘yicha ehtimoliy shaxslar ro‘yxatida prezident ofisi rahbari o‘rinbosari Irina Mudraya, xalq deputati Vadim Stolar va sobiq xalq deputati Maksim Mikitas bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, deputat Aleksey Goncharenko ham Irina Mudrayaning uyida tintuv o‘tkazilayotganini aytgan.

Ukrainadagi korrupsiya mojarosi

10-noyabr kuni “Energoatom” davlat energetika kompaniyasi atrofidagi keng ko‘lamli korrupsiya sxemasi fosh etilgan edi. Janjal markazida Ukrainaning amaldagi hukumatidagi bir nechta vazirlar, prezidentning uzoq yillik safdoshi Timur Mindich va moliyachi Aleksandr Sukerman bo‘lgan.

O‘sha kuni huquq-tartibot idoralari Mindichning uyida, “Energoatom”da va Ukraina adliya vaziri German Galushchenkoning manzilida tintuv o‘tkazgan. Mindich bunga qadar Ukrainani tark etgani aniqlangan.

12-noyabr kuni Zelenskiy adliya vaziri German Galushchenko va energetika vaziri Svetlana Grinchukni ishdan bo‘shatishni talab qildi. Ikkala vazir ham darhol iste’foga chiqish to‘g‘risida ariza yozdi. 13-noyabr kuni esa prezident Mindich va Sukermanga qarshi sanksiyalar joriy etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

Ukraina prezidenti ofisi sobiq rahbari Andrey Yermak esa Kiyev shahri yaqinida “Dinastiya” elita majmuasi qurilishida 460 million grivna (10 million dollar)ni legallashtirish ishi bo‘yicha gumonlanmoqda. Siyosatchi unga nisbatan ayblovlarni tan olmagan, uning uyida tintuv oʻtkazilgan.

Yermak 14-may kuni tergov izolyatoriga joylashtirilgandi. Sud unga 140 million grivna (taxminan 3 million dollar) miqdorida garov puli belgilagan. 18-may kuni tegishli summa yigʻilgan va Yermak izolyatordan chiqarilgandi.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar