Daryo

Ukraina Moskva shahri va viloyatiga 600 dan ortiq dron uchirdi (video)

Shahar meri Sergey Sobyanin ularning 180 tasi urib tushirilganini aytdi. Moskva viloyatidagi Wildberries ombori ham hujumga uchradi.

1 daqiqa o‘qish12 816 ko‘rishlar0 izoh0

Ukraina 18-avgust kuni Moskva shahri va viloyatiga 600 dan ortiq dron uchirdi. Bu haqda shahar meri Sergey Sobyanin o‘zining Telegram kanalida ma’lum qildi.

Toshkent vaqti bilan soat 4:30 dan keyin Sobyanin “Moskvaga uchib kelayotgan” va urib tushirilgan dronlar haqida xabar bera boshladi.

“Kecha kechqurun va bugun ertalab soat 5:00 gacha Moskva viloyatiga 620 ta uchuvchisiz uchish apparati uchirildi, ulardan 180 tasi yo‘q qilindi. Qoldiqlar tushgan joylarda favqulodda xizmatlar ishlamoqda”, deb yozdi mer.

Havo hujumi sababli Moskvaning “Vnukovo”, “Domodedovo”, “Jukovskiy” va “Sheremetevo” aeroportlari faoliyatiga cheklovlar kiritilgan. Dronlardan biri Moskva viloyatidagi Wildberries omboriga kelib tushgan va obyektda yong‘in chiqqan.

Ma’lumot uchun, Ukraina 16-avgust kuni ham Rossiyaga ommaviy dron hujumini uyushtirgandi. Natijada Moskva viloyatidagi omborlar zarar ko‘rgan. Nishonlar orasid Koledinoda joylashgan Wildberries logistika majmuasi ham bo‘lgan. Bu kompaniyaning eng yirik ombori bo‘lib, uning maydoni 200 000 kvadrat metrdan oshadi. O‘shanda Rossiya Mudofaa vazirligi tun davomida mamlakatning 16 ta hududi va Qrim ustida jami 822 ta Ukraina droni tutib qolingan yoki yo‘q qilinganini bildirgan. 

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar