Filadelfiyada bo‘lib o‘tgan UFC 330 turnirida ishtirok etgan jangchilarning taxminiy gonorarlari ma’lum bo‘ldi. Musobaqaning markaziy jangida Islom Maxachev Yan Machado Garrini hakamlarning yakdil qarori bilan mag‘lub etdi va yarim o‘rta vazn toifasidagi chempionlik kamarini muvaffaqiyatli himoya qildi.
Ushbu g‘alaba evaziga rossiyalik jangchining turnirdagi umumiy daromadi taxminan 4,14 million dollarni tashkil etdi. Uning raqibi Yan Machado Garri esa 2,061 million dollar gonorar bilan ikkinchi ko‘rsatkichni qayd etdi. Kuchli uchlikni esa 1,64 million dollar gonorar bilan Makkenzi Dern yakunlab berdi.
UFC 330 turnirining eng yuqori gonorar olgan jangchilari:
- Islom Maxachev — 4,14 mln dollar
- Yan Machado Garri — 2,061 mln dollar
- Makkenzi Dern — 1,64 mln dollar
- Jillian Robertson — 875 ming dollar
- Nil Magni — 621 ming dollar
- Visente Lukke — 521 ming dollar
- Jalin Tyorner — 465 ming dollar
- Edson Barbosa — 421 ming dollar
- Charlz Jonson — 415 ming dollar
Ma’lumot uchun, Islom Maxachev ushbu g‘alaba evaziga UFC’dagi ketma-ket g‘alabalari seriyasini 17 taga yetkazdi. U afsonaviy Anderson Silvani (16 ta g‘alaba) ortda qoldirgan holda, promoushen tarixida ketma-ket g‘alaba qozonish bo‘yicha mutlaq rekordchiga aylandi.








