Daryo

Tojikiston Afg‘onistonni havo hududini buzganlikda ayblab, nota yubordi

Afg‘onistondan otilgan o‘q sabab 20 yoshli tojikistonlik ayol halok bo‘ldi. Emomali Rahmon marhumaning oilasiga hamdardlik bildirdi.

1 daqiqa o‘qish7 040 ko‘rishlar0 izoh0

Tojikiston Afg‘onistondagi otishma oqibatida chegaradosh hududdagi fuqarosi halok bo‘lgani munosabati bilan “Tolibon”ga norozilik notasi yubordi. Bu haqda Tojikiston Tashqi ishlar vazirligiga tayanib “TASS” xabar berdi.

“So‘nggi kunlarda Badaxshonda kuzatilgan qurolli to‘qnashuvlar Tojikistonning chegaraoldi hududlari xavfsizligiga tahdid soldi va xalqaro huquq normalarini buzdi. Tojikiston havo hududining buzilishi, aholi turar joylariga zarar yetkazilishi va ayniqsa, Darvoz tumanida tinch aholi vakilining halok bo‘lishi munosabati bilan afg‘on tomoniga norozilik notasi yubordi”, deyiladi Tojikiston TIV xabarida.

Vazirlik Afg‘onistondan ushbu masalaga jiddiy yondashishni, Tojikiston davlat chegarasi daxlsizligiga rioya etishni talab qildi. Shuningdek, bu kabi hodisalarning takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun samarali choralar ko‘rishni so‘radi.

Chegaradagi vaziyat. Emomali Rahmon fuqarosining o‘limiga hamdardlik bildirdi

Tojikistonning Darvoz va boshqa tumanlariga tutash bo‘lgan Afg‘onistonning Badaxshon viloyatida so‘nggi vaqtlarda “Tolibon” harakati va uning muxoliflari o‘rtasidagi qurolli to‘qnashuvlar kuchaydi.

13-avgust kuni Panj daryosining afg‘on qirg‘og‘idan otilgan o‘q oqibatida Darvoz tumanining Dashtak qishlog‘ida yashovchi 20 yoshli ayol halok bo‘ldi. Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon halok bo‘lgan Jasmina Yatimzodaning oilasiga hamdardlik bildirdi. U marhumaning oilasiga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatish, shuningdek, uning yosh farzandi tarbiyasi masalalarini nazoratga olish bo‘yicha topshiriq berdi. Hozirda holat yuzasidan Tojikistonning tegishli tuzilmalari surishtiruv ishlari olib bormoqda.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar