Daryo

87 mln yevro va 5 yillik shartnoma: “Arsenal” Bruno transferini ijobiy hal qildi

Fabritsio Romano xabariga ko‘ra, tomonlar bitimning barcha shartlari bo‘yicha to‘liq kelishuvga erishgan.

1 daqiqa o‘qish2 519 ko‘rishlar0 izoh2

Londonning “Arsenal” klubi Braziliya terma jamoasi yarim himoyachisi Bruno Gimaraesh transferini yakunlash arafasida turibdi. Insayder Fabritsio Romano xabariga ko‘ra, tomonlar bitimning barcha shartlari bo‘yicha to‘liq kelishuvga erishgan.

Manbaga ko‘ra, “Arsenal” va “Nyukasl” o‘rtasidagi muzokaralar bir necha hafta davom etgan. Futbolchining shaxsiy shartlari esa iyul oyidayoq qanoatlantirilgan. Transfer summasi 75 million funt sterlingni (87 million yevro) tashkil etadi. Brunoga 5 yillik shartnoma taklif qilingan.

Shu tariqa, 28 yoshli braziliyalik yarim himoyachi Mikel Arteta jamoasining yozgi transfer oynasidagi eng yirik xaridlaridan biriga aylanmoqda.

Bruno Gimaraesh 2022-yildan buyon “Nyukasl” sharafini himoya qilib kelayotgan edi. U jamoa safida Angliya Liga Kubogini qo‘lga kiritdi hamda klubning UEFA Chempionlar Ligasiga yo‘llanma olishi va Premyer Ligadagi muvaffaqiyatlarida muhim rol o‘ynadi.

2025/26-yilgi mavsumda braziliyalik yarim himoyachi “qarg‘alar”ning tayanch figurasi bo‘ldi. U Angliya Premyer Ligasida 29 ta uchrashuvda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Endilikda transfer bo‘yicha rasmiy bayonot va tibbiy ko‘rik jarayonlari yakunlangach, Bruno Gimaraesh “Arsenal” futbolchisi sifatida rasman tanishtirilishi kutilmoqda.

Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumanida tug‘ilganman. Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Sport jurnalistikasi fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2025-yil dekabr oyidan beri sport muxbiri lavozimida ishlayman va maxsus videomateriallar, tarjima maqolalar hamda xabarlar tayyorlayman. Sevimli filmim “Forrest Gamp”. “Shamol ortidan yugurib” (Xolid Husayniy) romanini yaxshi koʻraman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar