Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Mayamidagi WR Chess Rapid & Blitz turnirida AQSHga qarshi bahs olib bordi.
Musobaqaning rapid yo‘nalishi bo‘yicha 4 ta tur o‘yinlari o‘z nihoyasiga yetdi.
1-tur: AQSH 2.5 : 1.5 O‘zbekiston
2-tur: AQSH 2.0 : 2.0 O‘zbekiston
3-tur: AQSH 2.5 : 1.5 O‘zbekiston
4-tur: AQSH 1.5 : 2.5 O‘zbekiston
Rapid yakuniga ko‘ra umumiy hisob:
Taxtalar bo‘yicha ochkolar: AQSH 8.5 — 7.5 O‘zbekiston
Jamoaviy ochkolar: AQSH 5 — 3 O‘zbekiston
Turnirda O‘zbekiston sharafini Javohir Sindorov, Nodirbek Abdusattorov, Muhiddin Madaminov, Nodirbek Yakubboyev va Shamsiddin Vohidov himoya qilyapti.
AQSH tarkibi esa quyidagicha: Hikaru Nakamura, Fabiano Karuana, Uesli So va Levon Aronyan.
Bugun, 28-iyul kuni soat 22:00 da ikkinchi kunning 8 ta turdan iborat blits bahslariga start beriladi!
Umumiy g‘olib nomi blits bahslari yakunida aniqlanadi.








