Daryo

Yaponiyada “zaxira poytaxt” tashkil etiladi

Ikkinchi poytaxtni tanlashda aholi soni, iqtisodiy salohiyat inobatga olinadi. Yakuniy qarorni bosh vazir qabul qiladi.

1 daqiqa o‘qish2 628 ko‘rishlar0 izoh0

Yaponiya parlamenti Tokio uchun zaxira vazifasini o‘tovchi “ikkinchi poytaxt” yaratish to‘g‘risidagi qonun loyihasini qabul qildi. Bu haqda Kyodo agentligi xabar berdi.

Tegishli qonun loyihasi 24-iyul kuni hukmron blok tomonidan qoʻllab-quvvatlangan. Ammo bu muxolifatning keskin noroziligiga sabab bo‘ldi. Ular bu hujjat faqat bosh vazir Sanae Takaichi boshchiligidagi hukmron Liberal-demokratik partiya (LDP) va uning hamkori boʻlmish Yaponiya innovatsiyalar partiyasi (YIP) manfaatlariga moslashtirilganini aytgan. “Ikkinchi poytaxt” tashabbusi 20-oktyabrda yuqoridagi ikki partiya oʻrtasida imzolangan koalitsion kelishuvda aks etgan. U favqulodda vaziyat yuz bergan taqdirda zaxira vazifasini oʻtaydi.

“Zaxira poytaxt” YIPning Osaka shahrini Tokio singari megapolisga aylantirish borasidagi sa’y-harakatlariga turtki berishi mumkin. Bu reja ma’muriy funksiyalarni soddalashtirish va hokimiyatni Tokiodan markazsizlashtirishga ham qaratilgan.

YIPning Osaka megapolisi rejasini amalga oshirish boʻyicha oʻtmishdagi urinishlari barbod boʻlgandi. Jumladan, 2015 va 2020-yillardagi ikkita referendum ham LDP eʼtirozi fonida kichik farq bilan rad etilgandi. Hukmron blokning yon berishidan soʻng, muxolifat nihoyat 24-iyul kuni qonun loyihasini ovozga qoʻyishga rozi boʻldi.

Yangi qonunga ko'ra, bosh vazir ”zaxira poytaxt”ni tasdiqlashi mumkin. Buning uchun aholi soni va iqtisodiy salohiyat kabi shartlarga javob beradigan prefekturalar ariza topshiradi.

Avvalroq Birlashgan Arab Amirliklarining Abu Dabi shahrida insonning jismoniy va ruhiy salomatligini tiklashga xizmat qiluvchi Fahid oroli barpo etilayotgani xabar qilingandi. 2029-yilda to‘liq ochilishi kutilayotgan “salomatlik oroli”da 6 mingdan ortiq xonadon joylashadi.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar