Daryo

“Al-Hilol” hamda Benzema o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga keldi

Klub rahbariyati 38 yoshli hujumchiga Saudiya Arabistoni chempionatiga yangi qo‘shilgan jamoalardan biriga o‘tishni taklif qilgan.

1 daqiqa o‘qish7 024 ko‘rishlar0 izoh5

Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubi “Oltin to‘p” sohibi Karim Benzemani yozgi transfer oynasida sotib yuborishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Arriyadiyah nashri xabar bergan.

Manbaga ko‘ra, klub rahbariyati 38 yoshli hujumchiga Saudiya Arabistoni chempionatiga yangi qo‘shilgan jamoalardan biriga o‘tishni taklif qilgan. Biroq Benzema bu g‘oyaga qat’iyan qarshilik bildirgan. Fransiyalik futbolchi shartnomasining so‘nggi yili uchun belgilangan maosh to‘liq to‘lab berilishini, shundan so‘nggina “Al-Hilol”ni tark etishini talab qilmoqda.

Benzema “Al-Hilol”ga fevral oyida o‘tgan edi. U jamoa safida jami 13 ta o‘yin o‘tkazib, 9 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. OAV xabarlariga ko‘ra, Benzema jamoaning asosiy tarkib futbolchisi bo‘lishni istamoqda. Biroq “Al-Hilol” futbolchidan faqat Osiyo Chempionlar Ligasi bahslaridagina foydalanishni rejalashtirgan.

Ma’lumot uchun, Karim Benzema faoliyati davomida 5 marta Chempionlar Ligasida, 4 martadan Ispaniya va Fransiya chempionatlarida zafar quchgan. Shuningdek, u Millatlar Ligasi g‘olibi hisoblanadi. 2022-yilda fransiyalik hujumchi “Oltin to‘p” mukofotini qo‘lga kiritgan.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar