Daryo

“Al-Hilol” “Bavariya” futbolchisi uchun 132 mln yevro taklif qilishi mumkin

Riyod klubi yozgi transfer oynasi uchun umumiy 350 million yevro sarflashni rejalashtirgan.

1 daqiqa o‘qish3 488 ko‘rishlar0 izoh1

Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubi Myunxenning “Bavariya” jamoasi vingeri Luis Diasni o‘z safiga qo‘shib olish niyatida. Bu haqda insayder Sasha Tavolyeri xabar berdi.

Qayd etilishicha, saudiyaliklar 29 yoshli kolumbiyalik futbolchiga soliqlar to‘langandan keyin yiliga 25 million yevro sof maosh taklif qilmoqda.

Xabarga ko‘ra, “Al-Hilol” hozircha “Bavariya” bilan muzokara o‘tkazmayapti va faqat Diasning o‘zi bilan aloqada bo‘lib turibdi. Agar futbolchi ushbu transferga rozi bo‘lsa, saudiyaliklar Myunxen klubiga 105 milliondan 132 million yevrogacha transfer puli to‘lashga tayyor. Riyod klubi yozgi transfer oynasi uchun umumiy 350 million yevro sarflashni rejalashtirgan.

Ma’lumot uchun, Luis Dias 2025-yilning yozida Angliyaning “Liverpul” klubidan “Bavariya”ga transfer qilingan edi. U hozirga qadar myunxenliklar safida jami 51 ta o‘yinda ishtirok etib, 26 ta gol va 23 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Uning klub bilan shartnomasi 2029-yilning yoziga qadar amal qiladi. Transfermarkt portali Diasning qiymatini 70 million yevroga baholagan.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar