Daryo

Chexiyada bortida besh kishi bo‘lgan harbiy vertolyot qulab tushdi

Hozirda voqea joyida qutqaruv xizmatlari ishlamoqda. Hodisa oqibatida bir nafar askar halok bo‘lgani tasdiqlandi.

1 daqiqa o‘qish2 873 ko‘rishlar0 izoh2

Chexiya sharqidagi harbiy bazada 23-iyul kuni vertolyot qulab tushdi. Oqibatda bir nafar askar halok bo‘ldi. Bu haqda TN.cz nashriga tayanib Anadolu xabar berdi.

Hodisa mahalliy vaqt bilan soat 13:00 atrofida yuz berdi. Chexiya armiyasiga tegishli UH-1Y Venom vertolyoti Visochina viloyatidagi Namest-nad-Oslavou shahridagi 22-vertolyot bazasida halokatga uchragan. Vertolyot bortida jami besh nafar harbiy xizmatchi bo‘lgan.

“Voqea joyida qutqaruv xizmatlari ishlamoqda. Vaziyat imkon berishi bilan qo‘shimcha ma’lumot beramiz”, deyiladi Chexiya armiyasi bayonotida.

Tez yordam xizmati vakili Petr Yanachekning ma’lum qilishicha, halokat joyiga Yihlava shahridan to‘rt nafar piyoda va bitta tibbiy vertolyot yuborilgan. Shuningdek, yordam berish uchun qo‘shni Olomous viloyatidan ham yana bir qutqaruv vertolyoti yetib kelgan. Yanachek bir kishi halokat natijasida vafot etganini tasdiqladi. Avvalroq Rossiya harbiy vertolyoti Malida urib tushirilgani haqida xabar berilgandi.

Mirzayeva Dilafroʻz Safar qizi. 1999-yilda Toshkent viloyatida tavallud topgan. Millati — oʻzbek. 2024-yilda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining Sinxron tarjima yoʻnalishi magistr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar