Daryo

“Hayratlanarli voqea” — Messi Yamal bilan tushgan surat haqida

Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi mundial finali oldidan Lamin Yamal haqida fikr bildirdi.

1 daqiqa o‘qish26 494 ko‘rishlar0 izoh27

Argentina terma jamoasi sardori va hujumchisi Lionel Messi Jahon chempionati finali oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanida Ispaniya terma jamoasi hujumchisi Lamin Yamal bilan bog‘liq mashhur surat haqida gapirdi. Messi ushbu hikoyaning bugungi davomi nihoyatda hayratlanarli ekanini aytdi.

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Messi go‘dak Yamalni cho‘miltirayotgan surat ommalashgandi. Mazkur surat BMTning Bolalar jamg‘armasi — UNICEF loyihalaridan biri doirasida olingan.

“Bu suratning tarixi shunchaki hayratlanarli. Men u bilan go‘dakligida suratga tushganman, endi esa yaqin kunlarda Jahon chempionati g‘olibligi uchun bir-birimizga qarshi maydonga tushamiz. Bu haqiqatan ham aql bovar qilmas voqea”, deydi Messi.

Shuningdek, u Yamalni dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri sifatida e’tirof etdi.

“Shubhasiz, u hozir dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri. Men unga ulkan muvaffaqiyatlar tilayman. Chunki uning muvaffaqiyati ‘Barselona’ uchun ham foydali bo‘ladi. Ammo biz finalda ajoyib o‘yin ko‘rsatish va uning eng yaxshi sifatlarini namoyon etishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun bor kuchimizni ishga solamiz. Bu oson bo‘lmaydi. Biz nafaqat Laminni, balki butun Ispaniya terma jamoasini to‘xtatishga harakat qilamiz. Ular juda kuchli futbolchilarga ega va ajoyib futbol namoyish etmoqda”, deya qo‘shimcha qildi Messi.

Jahon chempionati finalida Argentina va Ispaniya terma jamoalari o‘zaro bahs olib boradi. Uchrashuv 19-iyul kuni AQSHning Nyu-Jersi shtatidagi “Metlayf” stadionida bo‘lib o‘tadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 19-iyul soat 23:59 da boshlanadi.

Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumanida tug‘ilganman. Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Sport jurnalistikasi fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2025-yil dekabr oyidan beri sport muxbiri lavozimida ishlayman va maxsus videomateriallar, tarjima maqolalar hamda xabarlar tayyorlayman. Sevimli filmim “Forrest Gamp”. “Shamol ortidan yugurib” (Xolid Husayniy) romanini yaxshi koʻraman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar