Daryo

Arsen Venger: “Fransiyani faqat bitta jamoa mag‘lub etishi mumkin”

Londonning “Arsenal” klubi sobiq bosh murabbiyi, ayni paytda FIFA’ning futbolni global rivojlantirish bo‘limi rahbari hisoblangan Arsen Venger JCH-2026 favoritlari haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

1 daqiqa o‘qish33 785 ko‘rishlar0 izoh20

Londonning “Arsenal” klubi sobiq bosh murabbiyi, ayni paytda FIFA’ning futbolni global rivojlantirish bo‘limi rahbari hisoblangan Arsen Venger JCH-2026 favoritlari haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. The Mirror nashrining xabar berishicha, fransiyalik mutaxassis o‘z vatanining imkoniyatlarini yuqori baholagan, biroq ularga jiddiy qarshilik ko‘rsata oladigan yagona raqib borligini ham ta’kidlagan.

“Fransiya Jahon chempionatida g‘olib chiqadi. Bilaman, bunga javoban: ‘Albatta-da, o‘zing fransuz bo‘lganing uchun shunday deysan’, deyishingiz tayin. Ammo ushbu mundialni chuqurroq tahlil qilsangiz, poyezd ma’lum bir yuqori tezlikda harakatlanayotganini va unga sakrab chiqishga tayyor turish kerakligini tushunasiz. Masalan, Osiyo jamoalari o‘yinlardagi intensivlik va yuqori tempga dosh bera olmagani uchungina musobaqani erta tark etdi. Ular raqobatlashishi uchun yetarli darajada texnik salohiyat yetishmadi”, deydi Venger.

Uning fikricha, ushbu mundialda fransuzlarni to‘xtatib qolishga qodir yagona jamoa mavjud:

“Men uchun asosiy masala — bu Ispaniya. Agar hozirgi holatda kimdir Fransiyani mag‘lub etishga qodir bo‘lsa, men aynan Ispaniyani aytgan bo‘lardim. Chunki ularning texnik darajasi Fransiyanikidan ham yuqoriroq”.

Ma’lumot uchun, Fransiya milliy jamoasi chorakfinalda Marokashni mag‘lub etib, yarimfinal yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. “Uchranglilar” ushbu bosqichda Ispaniya va Belgiya juftligi g‘olibiga qarshi maydonga tushadi.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar