Daryo

Rasman. Nursulton Ro‘ziboyevning jang sanasi va raqibi ma’lum bo‘ldi (foto)

O‘zbekistonlik MMA jangchisi 27-iyun kuni Ozarbayjonda o‘tkaziladigan UFC kechasida oktagonga ko‘tariladi.

1 daqiqa o‘qish9 206 ko‘rishlar0 izoh6

O‘zbekistonlik aralash jang san’ati ustasi, 32 yoshli Nursulton Ro‘ziboyev 27-iyun kuni Ozarbayjonning Boku shahrida bo‘lib o‘tadigan UFC Fight Night turniri doirasida oktagonga ko‘tariladi.

Foto: Instagram/Nursulton Ro‘ziboyev

Ro‘ziboyevning raqibi rossiyalik Andrey Pulyayev bo‘ladi. 28 yoshli Pulyayev UFC’da 2025-yil 22-martdan beri faoliyat yuritib kelmoqda. Hozirgacha u promoushenda 1 ta g‘alaba va 2 ta mag‘lubiyat qayd etgan. U so‘nggi jangini 2026-yil 24-yanvar kuni Ateba Gautiyega qarshi o‘tkazgan va hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra mag‘lub bo‘lgan. Uning MMA rekordi 10 ta g‘alaba va 3 ta mag‘lubiyatdan iborat. Ushbu bellashuv UFC o‘rta vazn toifasidagi reyting jangi bo‘ladi.

Avvalroq UFC 319 turnirida oktagonga chiqishi kerak bo‘lgan Nursulton Ro‘ziboyev va amerikalik Brayan Battl o‘rtasidagi bahs bekor qilingan va bunga Battlning belgilangan vazn me’yorini bajara olmagani sabab bo‘lgan edi.

Ro‘ziboyev hozirga qadar faoliyati davomida 47 ta jang o‘tkazib, ulardan 36 tasida g‘alaba qozongan, 9 marta mag‘lub bo‘lgan va 2 marta durang qayd etgan. Pulyayevga qarshi bahs Ro‘ziboyevning UFC’dagi oltinchi jangiga aylanadi. Bungacha u ushbu promoushenda 5 marotaba oktagonga ko‘tarilib, 4 ta g‘alaba va 1 ta mag‘lubiyat qayd etgan.

Eslatib o‘tamiz, UFC Boku turnirining asosiy jangi Rafael Fiziyev va Manuel Torres o‘rtasida o‘tkaziladi.

Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumanida tug‘ilganman. Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Sport jurnalistikasi fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2025-yil dekabr oyidan beri sport muxbiri lavozimida ishlayman va maxsus videomateriallar, tarjima maqolalar hamda xabarlar tayyorlayman. Sevimli filmim “Forrest Gamp”. “Shamol ortidan yugurib” (Xolid Husayniy) romanini yaxshi koʻraman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar