Daryo

Futbol tarixida ilk bor ona va o‘g‘il jahon chempionatlarida ishtirok etdi

Futbol tarixida ona va o‘g‘ilning bir xil cho‘qqini zabt etishi — kamdan-kam uchraydigan holat. Yangi Zelandiya terma jamoasi himoyachisi Tayler Bindon JCH—2026 doirasidagi Eron bilan kechgan o‘yinda debyut qilib, onasi Jenni Bindon bilan birgalikda jahon chempionatlari tarixida ishtirok etgan ilk ona va farzandga aylandi.

1 daqiqa o‘qish13 945 ko‘rishlar0 izoh9

Jahon chempionatlari tarixida ilk bor ona va o‘g‘il dunyoning eng nufuzli futbol musobaqasida ishtirok etdi. 16-iyun kuni JCH—2026 musobaqasining guruh bosqichidan o‘rin olgan Eron va Yangi Zelandiya (2:2) uchrashuvida himoyachi Tayler Bindon o‘zining jahon chempionatlaridagi debyutini nishonladi. U o‘yinning so‘nggi daqiqalarida maydonga tushib, jamoasiga yordam berdi.

Ushbu voqea tasodif emas. Tayler futbol olamiga begona emas — uning onasi Jenni Bindon Yangi Zelandiya ayollar futboli afsonalaridan biri hisoblanadi. U o‘z vaqtida terma jamoa safida 77 ta o‘yin o‘tkazgan. Jenni 2007 va 2011-yillardagi jahon chempionatlari hamda 2012-yilgi Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etgan tajribali futbolchi edi. Bugun esa uning o‘g‘li onasining izidan borib, erkaklar o‘rtasidagi mundialda o‘zini ko‘rsatmoqda. Bu holat Jahon chempionatlari tarixida ilk marta kuzatilgan holat. 

Ma’lumot uchun, futbol bo‘yicha 2026-yilgi Jahon chempionati AQSH, Meksika va Kanadada bo‘lib o‘tmoqda. Turnir 11-iyunda boshlanib, 19-iyulga qadar davom etadi. Musobaqaning amaldagi chempioni Argentina terma jamoasi hisoblanadi. Argentinaliklar 2022-yilgi Qatardagi mundial finalida Fransiyani penaltilar seriyasida mag‘lubiyatga uchratib, jahon chempioni bo‘lgan edi.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar