Daryo

Eronda Minabdagi maktab qurbonlari xotirasiga banknota chiqarildi

Tehron AQSH va Isroil hujumi ortidan halok bo‘lgan bolalar xotirasiga yangi 1 million riallik pul taqdim etdi. Banknota qiymati inflyatsiya sababli 1 dollardan ham kamroqni tashkil etadi.

1 daqiqa o‘qish5 740 ko‘rishlar0 izoh3

Eron Markaziy banki 9-iyun kuni yangi banknotni taqdim etdi. Unda Minab shahridagi Shajareh Tayyiba boshlang‘ich maktabi tasvirlangan. Fevral oyida boshlangan ushbu maktabga AQSH tomonidan berilgan zarba oqibatida kamida 175 kishi, jumladan, o‘quvchilar halok bo‘lgan edi.

AQSH va Isroilning Eronga qarshi urushi 28-fevral kuni boshlangan edi. Urushning birinchi kunida AQSH harbiy havo kuchlari Minabdagi Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK) bazasini nishonga olgan.

Biroq “adashib” berilgan zarba yaqin atrofdagi Shajareh Tayyiba boshlang‘ich maktabiga tushgan. Hujum oqibatida kamida 175 kishi halok bo‘lgan. Qurbonlarning aksariyati 7 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar edi.

Yangi banknot va iqtisodiy holat

Eron davlat teleradiokompaniyasi (IRIB) 9-iyun kuni maktab tasviri tushirilgan yangi 100 000 tomanlik (1 000 000 rial) banknotni namoyish qildi.

“Yangi Eron cheklarini muomalaga kiritish tez orada boshlanadi”, deyiladi davlat teleradiokompaniyasi xabarida.

AQSH va uning ittifoqchilari tomonidan uzoq yillar davomida joriy etilgan sanksiyalar hamda kuchli inflyatsiya Eron iqtisodiyotini inqirozga olib keldi. Eron milliy valyutasi — rial so‘nggi yillarda o‘z xarid qobiliyatini sezilarli darajada yo‘qotdi. Hozirda yangi 1 000 000 riallik banknot 1 AQSH dollaridan ham kamroq qiymatga ega.

Xalqaro munosabat va surishtiruvlar

Tehron hukumati maktabga qilingan hujumni keskin qoraladi. Eron bu zarba qasddan berilganini da’vo qilmoqda va buni inson huquqlarining buzilishi deb atamoqda.

Human Rights Watch (HRW) inson huquqlari tashkiloti Minabdagi hodisani urush jinoyati sifatida tekshirishga chaqirdi. Tashkilot vakillarining ta’kidlashicha, maktab IIQK Harbiy-dengiz kuchlari majmuasi hududida joylashgani uni qonuniy nishonga aylantirib qo‘ymaydi.

Mart oyi oxirida Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi BMT Inson huquqlari kengashida nutq so‘zladi. U maktabga berilgan aviazarba xato emas, balki qasddan qilingan harakat ekanini ta’kidladi. Aroqchi AQSHni ushbu fojia uchun javobgarlikka tortishni talab qildi.

Mirzayeva Dilafroʻz Safar qizi. 1999-yilda Toshkent viloyatida tavallud topgan. Millati — oʻzbek. 2024-yilda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining Sinxron tarjima yoʻnalishi magistr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar