Daryo

Nurmagomedov va Ankalayev oktagonga qaytmoqda (foto)

25-iyul kuni Abu Dabida oʻtkaziladigan UFC turnirida sobiq chempion Magomed Ankalayev va Umar Nurmagomedov oktagonga koʻtariladi.

1 daqiqa o‘qish4 233 ko‘rishlar0 izoh1

Yarim ogʻir vazn toifasida UFC sobiq chempioni Magomed Ankalayev 25-iyul kuni Abu Dabida amerikalik Xalil Rauntriga qarshi oktagonga koʻtariladi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati rasman xabar berdi.

Foto: Fighttime.ru

Shuningdek, oʻsha oqshomda rossiyalik Umar Nurmagomedov meksikalik David Martines bilan kuch sinashadi.

Maʼlumot uchun, 33 yoshli Magomed Ankalayev faoliyati davomida 21 ta gʻalaba, 2 ta magʻlubiyat va bitta durang qayd etgan (yana bir jangi hisoblanmagan). Uning 36 yoshli raqibi Xalil Rauntri hisobida esa 15 ta gʻalaba va 7 ta magʻlubiyat bor.

30 yoshli Umar Nurmagomedov esa MMAʼda 20 ta gʻalaba va 1 ta magʻlubiyatga ega. Uning raqibi David Martines esa shu vaqtgacha 14 bor zafar quchib, bor-yoʻgʻi bir marta magʻlub boʻlgan. U sobiq UFC chempioni Habib Nurmagomedovning qarindoshi hisoblanadi.

Maʼlumot uchun, Habib Ankalayevni Rossiya tarixidagi eng kuchli jangchilardan biri, deya taʼriflagan. “Big ank” 2025-yilning 5-oktyabr kuni oʻtkazilgan UFC 320 turniri doirasida yarim ogʻir vazn toifasi chempionlik kamari uchun himoya jangida braziliyalik Aleks Perreyraga imkoniyatni boy bergan.

Umar Nurmagomedov esa soʻnggi jangida braziliyalik Deyvison Figereydoni magʻlub etgan.

Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumanida tug‘ilganman. Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Sport jurnalistikasi fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2025-yil dekabr oyidan beri sport muxbiri lavozimida ishlayman va maxsus videomateriallar, tarjima maqolalar hamda xabarlar tayyorlayman. Sevimli filmim “Forrest Gamp”. “Shamol ortidan yugurib” (Xolid Husayniy) romanini yaxshi koʻraman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar