Daryo

Mourinyodan kutilmagan qaror: u “Real”ga yulduzlarni olib kelmoqchi emas

Portugaliyalik mutaxassis “Real” rahbariyatiga tarkibni kuchaytirish bo‘yicha o‘z pozitsiyasini ma’lum qilgan.

1 daqiqa o‘qish23 141 ko‘rishlar0 izoh23

Portugaliyalik mutaxassis Joze Mourinyo “Real Madrid”ga qanday futbolchilarni jalb qilish bo‘yicha bir qarorga keldi.

Diario AS nashrining xabar berishicha, portugaliyalik mutaxassis Madrid klubi rahbariyatiga tarkibni kuchaytirish uchun yulduz futbolchilarni sotib olishdan manfaatdor emasligini maʼlum qilgan.

Taʼkidlanishicha, Mourinyo maydonda koʻp mehnat qilishga tayyor, jangovarlik xislatlarini namoyish eta oladigan va yaqqol namoyon boʻluvchi xudbinlikdan (egodan) xoli boʻlgan “och” futbolchilarni jalb qilishni talab qilmoqda.

Murabbiy jamoada yuqori motivatsiya va jamoaviy ruhga ega boʻlgan, oʻzining intensiv futbol borasidagi talablariga toʻliq javob bera oladigan oʻyinchilarni koʻrmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, Joze Mourinyo 2010-yilning iyulidan 2013-yilning iyuniga qadar ham “Real” bosh murabbiyi sifatida faoliyat olib borgan. Portugaliyalik mutaxassis “qirollik klubi”ni tark etganidan keyin “Chelsi”, “Manchester Yunayted”, “Tottenhem”, “Roma”, “Fenerbahche” va “Benfika” kabi jamoalarni boshqardi.

Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumanida tug‘ilganman. Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Sport jurnalistikasi fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2025-yil dekabr oyidan beri sport muxbiri lavozimida ishlayman va maxsus videomateriallar, tarjima maqolalar hamda xabarlar tayyorlayman. Sevimli filmim “Forrest Gamp”. “Shamol ortidan yugurib” (Xolid Husayniy) romanini yaxshi koʻraman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar