Daryo

Putin armiyaga Kiyevni muntazam o‘qqa tutishni buyurdi

Lavrov AQSH davlat kotibi bilan telefonda gaplashib, Ukraina poytaxtidan amerikaliklarni evakuatsiya qilishni tavsiya qildi.

1 daqiqa o‘qish8 710 ko‘rishlar0 izoh9

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukraina poytaxtini muntazam ravishda o‘qqa tutishni buyurdi. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov 25-may kuni AQSH davlat kotibi Marko Rubio bilan bo‘lib o‘tgan telefon suhbatida ma’lum qildi.

Lavrovning aytishicha, Ukrainaning “Rossiyadagi tinch aholi va fuqarolik obyektlariga qarshi terroristik hujumlariga javoban” rus armiyasi Kiyevga “tizimli va izchil zarbalar bermoqda”. Vazir “Ukraina armiyasi ehtiyojlari uchun foydalaniladigan obyektlar” va “qaror qabul qilish markazlari” nishonga olinishini aytdi.

Shuningdek, Lavrov Rubioga Kiyevdan diplomatik xodimlar va boshqa AQSH fuqarolarini evakuatsiya qilishni tavsiya qildi. U, shuningdek, AQSH va Rossiya prezidentlarining 2025-yil avgust oyida Ankorijda bo‘lib o‘tgan sammitini eslatib o‘tdi. Lavrov sammitda erishilgan “urushni tartibga solish” yo‘lidagi taraqqiyotga go‘yoki Kiyev rahbariyatining harakati “putur yetkazayotganidan afsusda” ekanini aytdi.

25-may kuni Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Kiyevni yana o‘qqa tutishidan ogohlantirdi. 24-may kuni shaharga yuzlab dronlar va o‘nlab raketalar, jumladan, “Oreshnik” qo‘llangan holda hujum uyushtirildi. Hujumda 2 kishi halok bo‘ldi, 92 kishi jarohatlangandi.

TIV Rossiya rasmiylarining “sabr kosasi to‘lishiga” 22-may kuni Ukraina armiyasining “LXR” tarkibidagi Starobelskka bergan zarbasi sabab bo‘lganini bildirdi. Mazkur hujumda talabalar yotoqxonasi vayron bo‘lib, 21 kishi halok bo‘lgandi.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar