Sergey Chigodayev boshqaruvidagi O‘zbekiston U-17 terma jamoasi 17 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasidagi 2026-yilgi Jahon chempionatidagi raqiblarini bilib oldi.
Joriy yilning 19-noyabridan 13-dekabriga qadar Qatardagi “Espayr” akademiyasi maydonlarida o‘tkaziladigan U-17 Jahon chempionatiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi “E” guruhida vakillariga qarshi bahs olib boradi.
Musobaqaning barcha guruhlari quyidagicha shakllandi:
“A” guruhi: Qatar, Misr, Panama, Gretsiya
“B” guruhi: Janubiy Koreya, Ekvador, Yangi Kaledoniya, Afrika pley-off g‘olibi
“C” guruhi: Argentina, Avstraliya, Daniya, Afrika pley-off g‘olibi
“D” guruhi: Fransiya, Saudiya Arabistoni, Gaiti, Urugvay
“E” guruhi: Italiya, O‘zbekiston, Kot-d’Ivuar, Yamayka
“F” guruhi: Senegal, Xorvatiya, Tojikiston, Kuba
“G” guruhi: Mali, Belgiya, Yangi Zelandiya, Vyetnam
“H” guruhi: Ispaniya, Fiji, Marokash, Xitoy
“I” guruhi: Braziliya, Irlandiya, Kosta-Rika, Tanzaniya
“J” guruhi: AQSH, Chili, Montenegro, Jazoir
“K” guruhi: Meksika, Kamerun, Venesuela, Ruminiya
“L” guruhi: Yaponiya, Kolumbiya, Gonduras, Serbiya.
Eslatib o‘tamiz, Islombek Ismoilov boshchiligidagi O‘zbekiston U-17 terma jamoasi 2025-yilgi Jahon chempionatida chorak finalga qadar yetib brogan va Italiyaga 1:2 hisobida imkoniyatni boy bergan edi. Aynan ushbu bahsda qizil kartochka olgan Asilbek Aliyev 3 ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilingan va 2026-yilgi Osiyo Kubogining yarim finalida maydonga qaytgan edi.








