Daryo

APL. “Bornmut” bilan durang o‘ynagan “Manchester Siti” chempionlikdan mahrum bo‘ldi

Angliya Premyer Ligasi 37-turidan o‘rin olgan bahsda Abduqodir Husanov to‘liq harakat qildi.

1 daqiqa o‘qish5 855 ko‘rishlar0 izoh2

Angliya Premyer Ligasining 37-turi doirasida “Bornmut” o‘z maydonida musobaqa g‘olibligi uchun kurashayotgan “Manchester Siti”ni qabul qildi. Bellashuv 1:1 hisobida yakunlandi.

Uchrashuvda hisob 28-daqiqada mezbonlar hujumchisi Eli-Junior Kroupi tomonidan ochildi. Ushbu vaziyatda fransiyalik futbolchi jarima maydoni ichidan kuchli zarba yo‘llab, jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi.

Ikkinchi bo‘limda “shaharliklar” hujumlar sonini oshirdi. Biroq Manchester klubi futbolchilari o‘yin oxiriga qadar vaziyatlardan unumli foydalana olmadi. 90+5-daqiqada Erling Holand hisobni tenglashtirdi — 1:1. Shu tariqa “Siti” APL chempionligidan mahrum bo‘ldi va so‘nggi turdagi g‘alaba peshqadam “Arsenal”ga yeta olmaydi.

O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov uchrashuvni asosiy tarkibda boshlab, to‘liq 90 daqiqa maydonda harakat qildi.

Ushbu natijadan so‘ng APL chempionligi uchun kurashayotgan “Manchester Siti” turnir jadvalida 78 ochko bilan 2-o‘rinda qoldi. Ayni damda Xosep Gvardiola shogirdlari va musobaqa peshqadami — Londonning “Arsenal” klubi o‘rtasidagi farq 4 ochkoni tashkil qilmoqda.

Shu tariqa “Arsenal” turnir yakunlanishiga bir tur qolganda Premyer Liga g‘olibligini qo‘lga kiritdi. “To‘pchilar” so‘nggi bor 2004-yilda musobaqada zafar quchgan edi.

“Shaharliklar” joriy mavsumda Angliya Kubogi va Liga Kubogi sohibi bo‘ldi.

Angliya Premyer Ligasi, 37-tur

“Bornmut” — “Manchester Siti” 1:1

Gollar: 1:0 — Kroupi (38), 1:1 — Holand (90+5)

Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumanida tug‘ilganman. Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Sport jurnalistikasi fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2025-yil dekabr oyidan beri sport muxbiri lavozimida ishlayman va maxsus videomateriallar, tarjima maqolalar hamda xabarlar tayyorlayman. Sevimli filmim “Forrest Gamp”. “Shamol ortidan yugurib” (Xolid Husayniy) romanini yaxshi koʻraman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar