Daryo

O‘zbekiston U-20 terma jamoasi CAFA turniri g‘olibi bo‘ldi

Tojikistonda bo‘lib o‘tgan CAFA U-20 Championship turnirida Jamoliddin Rahmatullayev boshchiligidagi O‘zbekiston U-20 terma jamoasi barcha raqiblarini mag‘lub etdi.

1 daqiqa o‘qish4 583 ko‘rishlar0 izoh2

Tojikistonda bo‘lib o‘tgan CAFA U-20 Championship turnirida Jamoliddin Rahmatullayev boshchiligidagi O‘zbekiston U-20 terma jamoasi bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.

Foto: CAFA

“Oq bo‘rilar” musobaqa davomida barcha uchrashuvlarda g‘alaba qozonib, mutlaq ustunlik bilan turnir chempioniga aylandi. So‘nggi turda O‘zbekiston U-20 terma jamoasi Turkmaniston U-20 jamoasini 2:0 hisobida mag‘lub etdi.

Shu tariqa, O‘zbekiston turnirni 12 ochko bilan yakunladi. E’tiborlisi, jamoa musobaqa davomida birorta ham gol o‘tkazib yubormadi.

Foto: CAFA

Turnir yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston U-20 terma jamoasi “Halol o‘yin” sovriniga ham sazovor bo‘ldi. Shuningdek, Nematulloh Rustamjonov musobaqaning eng yaxshi darvozaboni, Azizbek To‘lqinbekov eng yaxshi futbolchi, 4 ta gol kiritgan Quvonchbek Abrayev esa turnir to‘purari deb topildi.

Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumanida tug‘ilganman. Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Sport jurnalistikasi fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2025-yil dekabr oyidan beri sport muxbiri lavozimida ishlayman va maxsus videomateriallar, tarjima maqolalar hamda xabarlar tayyorlayman. Sevimli filmim “Forrest Gamp”. “Shamol ortidan yugurib” (Xolid Husayniy) romanini yaxshi koʻraman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar