Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 15-mayda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra:
- dollar 98,06 so‘mga tushib, 11 975,36 so‘m bo‘ldi;
- yevro 113,6 so‘mga pastlab, 14 020,75 so‘m bo‘ldi;
- rubl 1,56 so‘mga tushib, 162,91 so‘mni tashkil etdi.
Bundan avval 4-maydan buyon pastlamayotgan dollar kursi 72,23 so‘mga tushib, 12 073,42 so‘m bo‘lgandi.
O‘zbekistonda 2026-yil 9-avgustdan bankdan pasportsiz 500 dollargacha naqd valyuta olish mumkin bo‘ladi.








