Bir paytlar sohada aktrisaning faoliyati to‘y va farzandli bo‘lishdan so‘ng muqarrar ravishda ikkinchi darajaga tushib qoladi, deb hisoblanar edi. Biroq koreyalik yulduzlar ancha vaqtdan beri buning aksini isbotlab kelmoqda. Ayrimlari reytinglarni zabt etib, xit doramalarda suratga tushayotgan va hashamatli brendlarning yuziga aylanayotgan bir paytda, boshqalari farzand tarbiyasi, tug‘uruqdan keyingi tiklanish va go‘yo hech qachon tanaffus olmagandek ekranlarga qaytishga ham ulgurmoqda.
Son Ye Jin

Yillar davomida barchaning sevimlisiga aylanib ulgurgan koreys aktrisalari haqida gap ketganda, ko‘z oldimizga birinchilardan bo‘lib Son Ye Jin keladi. U o‘zbek tomoshabinlariga “Yoz ifori” serialidagi Hevon obrazi bilan tanish. “Muhabbatning favqulodda qo‘nishi”, “Taom olib beradigan go‘zal opam” va “O‘ttiz to‘qqiz” doramalari yulduzi 20 yildan keyin ham “koreyslarning birinchi muhabbati” bo‘lib kelmoqda. Uning Hyun Bin bilan ishqiy munosabatini esa muxlislar deyarli milliy voqea darajasida muhokama qilgan.

Biroq Son Ye Jin uzoq ikkilanib o‘tirmadi. Koreya kino sanoatida yosh va onalik karyeraga to‘siq bo‘la olmasligini isbotlagan hamkasblari unga ilhom bag‘ishladi. Hozirda aktrisa farzand tarbiyasidagi qiyinchiliklar haqida bemalol gapiradi, ikkinchi farzand haqida hazillashadi va shu bilan birga romantik dramalarning eng talabgir yulduzlaridan biri bo‘lib qolmoqda.
Pak Shin He

Pak Shin Xe har doim shaxsiy hayotini sir tutgan, shuning uchun uning 2022-yilda Chxve Te Junga turmushga chiqqani haqidagi xabar ko‘pchilik uchun kutilmagan yangilik bo‘ldi. O‘sha yili aktrisa o‘g‘il farzandli bo‘ldi, 2026-yilning aprelida esa juftlik ikkinchi farzandini kutayotgani ma’lum bo‘ldi.
Hozirda “Inqirozdagi shifokor”, “Do‘zaxdan kelgan sudya” va “Maxfiy missiya ostidagi Xon xonim” filmlari yulduzi oilasiga va tug‘uruqqa tayyorgarlikka e’tibor qaratish maqsadida suratga olish ishlarini vaqtincha to‘xtatgan.

Aktrisa birinchi farzandi dunyoga kelganidan so‘ng tezda kinoga qaytib, birin-ketin bir nechta muvaffaqiyatli loyihalarni taqdim etdi, “Maxfiy agent” seriali esa juda yuqori reytinglar bilan yakunlandi.
Chon Chji Xyon

Tadbirkor Chxve Jun Xyok bilan turmush qurgach, Chon Chji Xyon ommaga ancha kam ko‘rinadigan bo‘ldi. Aktrisaning ikki nafar o‘g‘li bor: kattasi 2016-yilda, kichigi esa 2018-yilda tug‘ilgan. “Yulduzdan kelgan” va “Moviy dengiz afsonasi” seriallari yulduzi shaxsiy hayotini sir saqlashga harakat qiladi.

Chon Chji Xyon birinchi farzandi tug‘ilgach, suratga olish maydonchasiga ancha tez qaytdi va darhol Li Min Xo bilan birga “Moviy dengiz afsonasi”da rol ijro etdi. Ikkinchi o‘g‘li dunyoga kelgach esa uzoqroq tanaffus olib, asosan reklama bilan shug‘ullandi. Uning shov-shuvli qaytishi 2021-yilda yuz berdi: aktrisa “Qirollik” seriali epizodida ko‘rinish berib, nima uchun hamon Koreyaning asosiy kino yulduzlaridan biri sanalishini barchaga yana bir bor eslatib qo‘ydi.
Chxve Chji U

Chxve Chji U bir paytlar millionlab tomoshabinlarni “Qish sonatasi” va “Jannatga eltuvchi narvon” seriallarini ko‘rib yig‘lashga majbur qilgan, keyinchalik esa kutilmaganda “Sevgining favqulodda qo‘nishi”da ham paydo bo‘lgan edi. 2018-yilda aktrisa o‘zidan to‘qqiz yosh kichik bo‘lgan IT kompaniyasi direktori Li So Xoga turmushga chiqdi va 2020-yilda qiz farzandli bo‘ldi.

Farzandli bo‘lgach, Chxve Chji U kinoni tark etmadi, aksincha, dorama va shoularda suratga tushishni davom ettirdi. Intervyularida u yangi so‘zlarni o‘rganayotgan va o‘z xarakteri bilan ota-onasini hayron qoldirayotgan qizalog‘i haqida tabassum bilan so‘zlab beradi. Aktrisa hamon qizining yuzini ko‘rsatmaydi — u oilaviy hayot daxlsizligini shunchalik qadrlaydiki, farzandini jamoatchilik e’tiboridagi shaxsga aylantirishni istamaydi.
Yujin

Yujin va Ki Te Yon “Taqdir yo‘li” doramasi suratga olish jarayonida tanishib, qisqa vaqt ichida Koreya shou-biznesining eng sevimli juftliklaridan biriga aylanishdi. Ular 2011-yilda turmush qurishgan, keyinroq esa ikki qiz farzandli bo‘lishgan.

“Penthaus” va “Ajoyib hayot” filmlari yulduzi faoliyati va onalikni birga olib borishga urinayotgani haqida bir necha bor so‘zlab bergan. 2022-yilda aktrisa homilasi nobud bo‘lganini ochiqchasiga aytib, bunday holatga duch kelgan ayollarni qo‘llab-quvvatlagan.
Shu bilan birga, Yujin faol suratga tushishda davom etmoqda: “Penthaus”dagi shov-shuvli qaytishidan so‘ng uning karyerasi go‘yoki yangidan boshlandi, yangi loyihalar ham tayyorlanmoqda.








