Daryo

“Real” yozda katta “tozalash” ishlarini olib boradi — The Athletic

“Qirollik klubi” yangi transferlarni moliyalashtirish maqsadida bir qator futbolchilarini sotuvga qo‘yishi kutilmoqda.

1 daqiqa o‘qish5 728 ko‘rishlar0 izoh5

Madridning “Real” klubi yangi xaridlarni amalga oshirish maqsadida tarkibda jiddiy “tozalash” ishlarini olib boradi. Bu haqda The Athletic nashri xabar berdi.

Manbaning ta’kidlashicha, jamoa himoyachilari David Alaba va Antonio Ryudiger shartnomasi yakunlangach, erkin agent sifatida klubni tark etishi kutilmoqda. Shuningdek, rahbariyat zaxira o‘yinchilari Daniel Sebalyos va Gonsalo Garsiyani sotish variantlarini ko‘rib chiqmoqda. Jamoa sardori Daniel Karvaxalning klubdagi kelajagi esa hozircha noaniqligicha qolmoqda.

Klub rahbariyati bo‘lajak transfer oynasini “navbatdagi oddiy jarayon” deb atayotgan bo‘lsa-da, vaziyatdan xabardor manbalar yangi futbolchilarni sotib olish uchun tarkibdagilardan bir qanchasini sotish zarurligini ta’kidlamoqda. O‘zgarishlar kutilganidan ham keng ko‘lamli bo‘lishi, hatto klubning sport bo‘limida tarkibiy islohotlar amalga oshirilishi ham istisno etilmayapti.

Ma’lumot uchun, “Real” joriy mavsumni sovrinsiz yakunlamoqda. Jamo Ispaniya Kubogida “Albasete”ga mag‘lub bo‘lgan bo‘lsa, La Liga chempionligi uchun kechgan kurashda “Barselona”ga imkoniyatni boy berdi. Chempionlar Ligasida esa “Bavariya”ga mag‘lub bo‘lib, turnir bilan xayrlashdi.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar