Daryo

“Abduqodir Husanov yaqin vaqt ichida ‘Real’, ‘Barselona’ va ‘Bavariya’ nishoniga aylanadi” — “Siti” sobiq futbolchisi

“Manchester Siti”ning sobiq himoyachisi Kolin Hendri o‘zbekistonlik futbolchi Abduqodir Husanovning o‘yiniga yuqori baho berdi. Uning fikricha, Husanov tez orada dunyoning eng grand klublari, jumladan, “Real Madrid” e’tiboriga tushishi mumkin.

1 daqiqa o‘qish24 751 ko‘rishlar0 izoh22

“Manchester Siti”ning sobiq himoyachisi Kolin Hendri o‘zbekistonlik futbolchi Abduqodir Husanovning o‘yiniga yuqori baho berdi. Uning fikricha, Husanov tez orada dunyoning eng grand klublari, jumladan, “Real Madrid” e’tiboriga tushishi mumkin.

Natan Ake va Jon Stounz yozgi transferlar oynasi vaqtida jamoani tark etishi kutilayotgan bir paytda, Abduqodir klubning asosiy himoyachisiga aylanishi mumkin. U nafaqat jismoniy kurashlarda, balki texnik mahoratda ham o‘zini ko‘rsata oldi. Shu bois ko‘plab mutaxassislar uni “yangi avlodning eng kuchli himoyachisi” deb atamoqda.

“U ‘Chelsi’ga qarshi debyutida xatoga yo‘l qo‘ygan edi, ammo o‘shandan beri har bir o‘yinda ajoyib o‘yin ko‘rsatmoqda. U kuchli iste’dod egasi. ‘Real’, ‘Barselona’ yoki ‘Bavariya’ kabi klublar unga qiziqish bildirishi tabiiy, biroq uni ‘Manchester Siti’dan olib ketish unchalik oson bo‘lmaydi”.

Garchi OAVda mish-mishlari ko‘payayotgan bo‘lsa-da, “Manchester Siti” rahbariyati, xususan, sport direktori Ugo Viana Husanovni “tegib bo‘lmas futbolchi” deb hisoblaydi. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2029-yilning iyuniga qadar amal qiladi. Klub uning joriy mavsumdagi ajoyib o‘yinlarini inobatga olib, shartnoma shartlarini yanada yaxshilash niyatida.

Ma’lumot o‘rnida, Angliya Premyer Ligada turnir jadvalida “Arsenal” 76 ochko bilan yetakchilik qilmoqda. “Siti” esa yetakchi “kanonirlar”dan 5 ochko ortda qolmoqda, biroq ular hisobida bitta zaxira o‘yin bor.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar