Daryo

O‘zbekiston milliy terma jamoasiga hujumchilar bilan ishlovchi murabbiy jalb etildi

U futbolchilik faoliyati davomida “Manchester Siti” va “Atalanta” klublarida faoliyat yuritgan.

1 daqiqa o‘qish2 963 ko‘rishlar0 izoh1

O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiylar shtabida yangi mutaxassis ish boshladi. Italiyalik sobiq futbolchi Rolando Byanki endilikda hujumchilarni tayyorlash jarayoniga mas’ul bo‘ladi.

Byanki o‘z vaqtida Italiya A Seriyasida o‘zining gol sezish qobiliyati va jismoniy ustunligi bilan tanilgan hujumchi bo‘lgan.

Foto: O‘FA

Byanki futbolchilik faoliyati davomida “Atalanta”, “Kalyari”, “Rejina”, “Manchester Siti”, “Torino”, “Bolonya” va “Malyorka” kabi klublar sharafini himoya qilgan. Shuningdek, turli yoshdagi Italiya terma jamoalarida ham to‘p surgan.

43 yoshli mutaxassis umumiy hisobda 444 ta uchrashuvda maydonga tushib, 127 ta gol va 21 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston terma jamoasi guruh bosqichidagi ilk o‘yinini Meksikada o‘tkazadi, qolgan ikki uchrashuv esa AQSHdagi stadionlarda bo‘lib o‘tadi. “Oq bo‘rilar” 18-iyun kuni birinchi turda Kolumbiyaga qarshi maydonga tushadi. Ushbu uchrashuvga Meksika poytaxtidagi “Atsteka” stadioni mezbonlik qiladi. Jamoa ikkinchi tur doirasida 23-iyun kuni Krishtianu Ronaldu boshchiligidagi Portugaliya terma jamoasi bilan o‘ynaydi. Mazkur bellashuv AQSHdagi “Xyuston” stadionida o‘tkazilishi belgilangan. Guruhdagi so‘nggi uchrashuv 28-iyun kuni “Atlanta” stadionida Kongo Demokratik Respublikasiga qarshi bo‘lib o‘tadi.

Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumanida tug‘ilganman. Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Sport jurnalistikasi fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2025-yil dekabr oyidan beri sport muxbiri lavozimida ishlayman va maxsus videomateriallar, tarjima maqolalar hamda xabarlar tayyorlayman. Sevimli filmim “Forrest Gamp”. “Shamol ortidan yugurib” (Xolid Husayniy) romanini yaxshi koʻraman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar