Daryo

Gran-pri 7 ming dollar: Xivada turli mamlakatlardan kelgan 300 dan ortiq ishtirokchi raqs bo‘yicha bellashadi

Festival doirasida 26-29-aprel kunlari raqs tanlovi o‘tkazilib, unda xorijiy va mahalliy ishtirokchilar ijodiy bellashadi.

2 daqiqa o‘qish2 680 ko‘rishlar0 izoh0

Xiva shahrining Ichan qalʼa majmuasida 27-aprel kuni III “Lazgi” xalqaro raqs festivalining ochilish marosimiga bagʻishlangan tantanali tadbir boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning festival ishtirokchilariga tabrigini Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva oʻqib eshittirdi.

Foto: Saida Mirziyoyeva / Telegram kanali

Uch ming yildan ziyod shonli tarix va madaniyatga ega boʻlgan xalqimiz qalbini, uning nafis tuygʻularini hayratlanarli darajada nozik harakatlar orqali ifoda etadigan noyob sanʼat durdonasi – “Lazgi” nomi bilan ataladigan xalqaro raqs festivali turli elu elatlar oʻrtasida samarali madaniy muloqot maydoniga aylanib borayotgani barchamizni albatta xursand qiladi.

“Lazgi” ezgulik va goʻzallik, tinchlik va doʻstlik gʻoyalarini asrlar davomida tarannum etib kelayotgan, Xivaning muazzam minoralari kabi yuksaklik va ulugʻvorlik timsoli boʻlgan mumtoz musiqiy obidadir”, deyiladi prezident tabrigida.

Foto: Madaniyat vazirligi
Foto: Madaniyat vazirligi

Eslatib o‘tamiz, 26-29-aprel kunlari festival doirasida raqs tanlovi o‘tkazilib, unda xorijiy va mahalliy ishtirokchilar ijodiy bellashadi. Festival doirasida oʻtkaziladigan tanlov gʻoliblari Tashkiliy qoʻmita tomonidan diplom, statuetka va quyidagi miqdorda pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:

Gran-pri — 7 000 AQSH dollari;
1-oʻrin quyidagi nominatsiyalar boʻyicha:

  • “Eng yaxshi yakkaxon raqs ijrochisi” — 5 000 AQSH dollari;
  • “Eng yaxshi raqs jamoasi” — 5 000 AQSH dollari;
  • “Eng yaxshi sahnalashtirilgan raqs” — 5 000 AQSH dollari.
2-o‘rin:
  • “Eng yaxshi yakkaxon raqs ijrochisi” — 3 000 AQSH dollari;
  • “Eng yaxshi raqs jamoasi” — 3 000 AQSH dollari;
  • “Eng yaxshi sahnalashtirilgan raqs” — 3 000 AQSH dollari.
3-oʻrin:
  • “Eng yaxshi yakkaxon raqs ijrochisi” — 2 000 AQSH dollari;
  • “Eng yaxshi raqs jamoasi” — 2 000 AQSH dollari;
  • “Eng yaxshi sahnalashtirilgan raqs” — 2 000 AQSH dollari.
Foto: Madaniyat vazirligi
Foto: Madaniyat vazirligi
Foto: Madaniyat vazirligi

Shuningdek, festival doirasida faol ijrochilarni qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish maqsadida taʼsis etilgan “Eng yaxshi raqs”, “Eng yaxshi xoreograf”, “Eng yaxshi yosh raqqosa (raqqos)” kabi nominatsiyalar boʻyicha ishtirokchilar ragʻbatlantiruvchi sovgʻa va mukofotlar bilan taqdirlanadi. Shu bilan birga, festivalning har bir ishtirokchisiga “Lazgi” xalqaro raqs festivali ishtirokchisi” sertifikati taqdim etiladi.

Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida tug‘ilganman. Hozirda Alisher Navoiy nomidagi davlat Adabiyot muzeyida tayanch doktorantura (PhD)da o‘qiyman. “Daryo”da 2018-yildan beri musahhih va muxbir lavozimida ishlayman. Sevib o‘qiydigan kitoblarim juda ham ko‘p: Nodar Dumbadze “Abadiyat qonuni”, Harper Li “Mazaxchining o‘ldirilishi”, Gabriel Garsia Markes “Yolg‘izlikning yuz yili”, Chingiz Aytmatov “Kassandra tamg‘asi”, Mixail Bulgakov “Usta va Margarita”, O‘tkir Hoshimov “Ikki eshik orasi”, Ulug‘bek Hamdam “Sabo va Samandar”... Sevimli filmlarim ham turli janrda: DiKaprio ishtirokidagi “Ibtido” va “La’natlanganlar oroli”, “Shoushenkdan qochish”, “Yo‘-yo‘l pijamali bolakay”, “Ameli”, “Qotillikni xotirlab”. Bundan tashqari, Hayao Miyazakining animelari jon-u dilim.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar