Daryo

Bibisora Assubayeva qozoq tilini o‘rganishni boshladi

22 yoshli grossmeyster shu paytgacha bergan intervyulari va rasmiy chiqishlarida qozoq tilida javob bermagani uchun bir necha bor tanqid qilingan edi.

1 daqiqa o‘qish26 119 ko‘rishlar0 izoh20

Shaxmat bo‘yicha uch karra jahon chempioni Bibisora Assubayeva qozoq tilini mukammal o‘rganishga qaror qildi. Bu haqda 22 yoshli sportchi o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.

Assubayeva shu paytgacha bergan intervyulari va rasmiy chiqishlarida qozoq tilida javob bermagani uchun bir necha bor tanqid qilingan edi. Shundan so‘ng, shaxmatchi vaziyatni o‘zgartirishga va til o‘rganishga va’da bergan edi. Sportchining so‘zlariga ko‘ra, u allaqachon yangi o‘qituvchi bilan birinchi sinov darsini belgilagan.

“So‘zdan amalga o‘tilgan vaziyat”, dedi Bibisora Assubayeva.

Ma’lumot uchun, 2004-yilda Tarazda tug‘ilgan Bibisora shaxmatni 4 yoshida bobosidan o‘rgangan. U shunchalik iqtidorli ediki, 7 yoshidayoq o‘z yosh toifasida jahon chempionligini qo‘lga kiritdi. Qiziqarli jihati, Bibisora faqat shaxmat bilan cheklanib qolmay, badiiy gimnastika bo‘yicha ham Ostona shahri chempioni bo‘lgan. Assubayeva shaxmatning blits yo‘nalishi bo‘yicha chempion bo‘lgan tarixiga eng yosh ayol sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kirgan. U bu unvonni ketma-ket uch marta — 2021, 2022, 2025-yilar himoya qilib, o‘zining bu yo‘nalishda tengsiz ekanini isbotladi. 2025-yilda esa o‘z mamlakati tarixidagi ikkinchi ayol grossmeysterga aylangan.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar