Daryo

Diogu Jota va uning ukasi vafoti bo‘yicha jinoyat ishi yopildi

Sud mazkur fojiali voqeada biror shaxsni ayblash uchun asoslar yetarli emas degan xulosaga keldi.

1 daqiqa o‘qish2 691 ko‘rishlar0 izoh2

Ispaniyaning Kastiliya va Leon oliy sudi “Liverpul” hujumchisi Diogu Jota va uning ukasi Andre Silva vafot etgan yo‘l-transport hodisasi yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishida jinoiy tarkib yo‘q degan xulosaga keldi. Bu haqda The Athletic nashri xabar berdi.

Sud mazkur fojiali voqeada biror shaxsni ayblash uchun asoslar yetarli emas degan xulosaga keldi. Aslida, Puebla-de-Sanabriya birinchi instantsiya sudi va tergov organi ishni 2025-yilning noyabridayoq to‘xtatgan edi. Sudyalar Ispaniya Fuqarolik gvardiyasi mutaxassislari tayyorlagan ekspertiza xulosalariga tayanib, halokatni baxtsiz hodisa deb topdi va hech kimni jinoiy javobgarlikka tortmadi.

Eslatib o‘tamiz, portugaliyalik futbolchi o‘tgan yilning 3-iyul kuni 28 yoshida Ispaniyadagi avtohalokat oqibatida hayotdan ko‘z yumgan edi. Jota ukasi bilan Lamborghini avtomobilida ketayotganida, quvib o‘tish manevri vaqtida mashina shinasining yorilishi oqibatida boshqaruvni yo‘qotgan. Buning natijasida mashina yo‘ldan chiqib ketib, ag‘darilgan va yonib ketgan.

Diogu Jota 2020-yildan buyon “Liverpul” sharafini himoya qilib kelayotgan edi. U mersisaydliklar safida Angliya chempioni, Angliya Kubogi sohibi va ikki karra Angliya Liga Kubogi g‘olibiga aylangan. Shuningdek, hujumchi faoliyati davomida “Portu”, “Atletiko Madrid” va “Vulverhempton” klublarida to‘p surgan. Portugaliya terma jamoasi safida esa 49 ta o‘yinda ishtirok etib, 14 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan edi.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar