O‘zbekiston Superligasi 9-turi doirasida Toshkentning “Paxtakor” klubi safarda “Buxoro” jamoasi mehmoni bo‘ldi. Murosasiz kechgan uchrashuv “sherlar”ning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
O‘yindagi yagona gol uchrashuvning dastlabki daqiqalaridayoq kiritildi. 15-daqiqada Toshkent klubining iroqlik legioneri Bashar Resan raqib darvozasini ishg‘ol qilib, jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. Qolgan vaqt davomida mezbonlar muvozanatni tiklash uchun faol harakat qilgan bo‘lsalar-da, “Paxtakor” himoyasi va darvozaboni ishonchli o‘yin namoyish etib, g‘alabani saqlab qola oldi.
Ushbu g‘alaba evaziga “Paxtakor” turnir jadvalidagi 1-o‘ringa mustahkam joylashib oldi. “Buxoro” esa 14 ochko bilan 5-pog‘onani band etgan.
O‘zbekiston Superligasi,9-tur
“Buxoro” — “Paxtakor” 0:1
Gol: 0:1 — Bashar Resan (15).








