Daryo

Eron Isroilga josuslik qilgan ikki kishini qatl qildi

AQSH va Isroil hujumlari boshlanganidan beri Eronda josuslikda ayblangan bir necha shaxsga nisbatan o‘lim jazosi ijro etildi.

1 daqiqa o‘qish5 133 ko‘rishlar0 izoh4

Eron Isroilning “Mossad” razvedka xizmati bilan hamkorlikda ayblangan ikki fuqaroni qatl qildi. Bu haqda Asharq Al-Awsat nashri xabar berdi.

Sud ma’lumotlariga ko‘ra, qatl etilganlar Muhammad Ma’sum Shohiy va Hamid Validiy hisoblanadi. Ular “Mossad” razvedka tarmog‘iga a’zolikda aybdor deb topilgan. Mahkumlar xorijda, jumladan, Iroq Kurdistonida maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan va mamlakat ichida hujumlar uyushtirganlikda ayblangan. Ularning aynan qachon qo‘lga olingani ochiqlanmagan.

Ikki erkak “moharebeh” (Xudoga qarshi urush ochish), shuningdek, “dushman guruhlar va sionistik rejim bilan hamkorlik qilish” kabi og‘ir jinoyatlarda ayblanib, o‘lim jazosiga hukm qilingan.

Eron 28-fevralda AQSH va Isroil bilan urush boshlanganidan buyon bir nechta qatl jazolarini amalga oshirdi. Ularning aksariyati aynan josuslik ayblovlari bilan bog‘liq. 8-apreldan buyon tomonlar o‘rtasida ikki haftalik o‘t ochishni to‘xtatish sulhi amal qilmoqda. Inson huquqlari bo‘yicha xalqaro tashkilotlar hisobotiga ko‘ra, Eron qatllar soni bo‘yicha dunyoda Xitoydan keyin ikkinchi o‘rinda turadi.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar