Daryo

Yevropa Ligasi hamda Konferensiyalar Ligasi yarim final juftliklari ma’lum bo‘ldi

Yevropaning nufuzi jihatidan ikkinchi va uchinchi darajali klublar o‘rtasidagi turnirlarida hal qiluvchi bosqichga start berilmoqda.

1 daqiqa o‘qish3 672 ko‘rishlar0 izoh1

Yevropaning nufuzi jihatidan ikkinchi va uchinchi darajali klublar o‘rtasidagi turnirlarida hal qiluvchi bosqichga start berilmoqda. Bugun, 17-aprel kuni Yevropa Ligasi hamda Konferensiyalar Ligasining yarim final juftliklari aniqlandi.

Yevropa Ligasining yarim final bosqichiga Angliyaning ikkita klubi — “Nottingem Forest” hamda “Aston Villa”, shuningdek Portugaliyaning “Braga” va Germaniyaning “Frayburg” klublari yo‘l oldi. 

  • “Braga” (Portugaliya) — “Frayburg” (Germaniya);
  • “Nottingem Forest” (Angliya) — “Aston Villa” (Angliya).

Mazkur bosqichning ilk uchrashuvlari 30-aprel, javob bahslari esa 7-may kunlariga belgilangan. Yevropa Ligasining hal qiluvchi final o‘yini 20-may kuni Istanbulda bo‘lib o‘tadi.

Konferensiyalar Ligasi yarim finalida to‘rt mamlakatning to‘rt xil klubi bosh sovrin uchun kurashni davom ettiradi. Final yo‘llanmasi uchun Ukrainaning “Shaxtyor”, Angliyaning “Kristal Pelas”, Ispaniyaning “Rayo Valyekano” hamda Fransiyaning “Strasburg” jamoalari o‘zaro bahs olib boradi.

  • “Shaxtyor” (Ukraina) — “Kristal Pelas” (Angliya);
  • “Rayo Valyekano” (Ispaniya) — “Strasburg” (Fransiya).

Ushbu juftliklar ham dastlabki o‘yinlarini 30-aprelda, javob uchrashuvlarini esa 7-mayda o‘tkazadi. Turnir g‘olibi 27-may kuni Germaniyaning Leypsig shahrida bo‘lib o‘tadigan finalda aniqlanadi.

Ma’lumot uchun, o‘tgan mavsumda Yevropa Ligasida Londonning “Tottenhem” klubi zafar quchgan bo‘lsa, Konferensiyalar Ligasi bosh sovrini Angliyaning boshqa bir jamoasi — “Chelsi”ga nasib etgan.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar