AQSH va Isroil bilan yuz bergan mojaro davrida 3 mingdan ortiq eronlik halok bo‘lgan. Bu haqda Eron sud-tibbiyot tashkiloti rahbari Abbos Masjedi Aroniy ma’lum qildi deb xabar bermoqda “RIA Novosti.
Aroniyning so‘zlariga ko‘ra, ramazon oyidagi urush davomida mamlakat sud-tibbiyot idoralari tomonidan 3375 nafar qurbonning shaxsi aniqlangan.
“Ramazon oyi urushi davrida mamlakat sud tibbiyoti tashkiloti tomonidan 3375 nafar shahidning muqaddas jasadlari tanib olindi va ularning shaxsi aniqlandi”, deya uning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Eron davlat teleradiokompaniyasi.
28-fevral kuni AQSH va Isroil Eron poytaxtidagi bir nechta nishonlarga hujumlarni amalga oshirdi. Isroil harbiy-havo kuchlari uchun 28-fevraldagi operatsiya tarixdagi eng yirigi bo‘lgandi. Unda qariyb 200 ta samolyot ishtirok etgan va 500 ga yaqin nishonga zarba berilgandi.
Eron esa bunga javoban Isroilga, shuningdek, AQSHning Yaqin Sharqdagi muhim bazalari — Qatardagi Al-Udeyd, Kuvaytdagi Ali as-Salim, BAAdagi Al-Dafra hamda Bahrayndagi AQSH Beshinchi floti shtab-kvartirasiga raketalar uchirdi.
AQSH prezidenti Donald Tramp 8-aprel kuni Eron bilan ikki haftalik o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishilganini e’lon qildi.
11-mart kuni AQSH va Eron Pokiston poytaxti Islomobodda muzokaralar o‘tkazdi. Biroq 21 soat davom etgan muzokarada tomonlar kelishuvga erisha olmadi.








