Daryo

Samarqand davlat universiteti QS reytingida zamonaviy tillar yo‘nalishi bo‘yicha top-300 ga kirdi

Reyting natijasiga hissa qo‘shgan professor-o‘qituvchilarga rektor tashakkurnomalari topshirildi.

1 daqiqa o‘qish1 911 ko‘rishlar0 izoh3

Samarqand davlat universiteti QS World University Rankings by Subject reytingining 2026-yilgi natijalariga ko‘ra, zamonaviy tillar yo‘nalishi bo‘yicha 251–300-o‘rinni egalladi.

Shu munosabat bilan universitetda “Lingvo-g‘alaba: xalqaro reytingdagi tarixiy qadam” mavzusida tantanali tadbir tashkil etildi. Tadbirni SamDU o‘quv ishlari bo‘yicha birinchi prorektori Ahmadjon Soliyev ochib berdi.

Universitetning ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Hakim Xushvaqtov SamDU rektori, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati a’zosi Rustam Xolmurodovning yig‘ilish qatnashchilariga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi. Unda universitet jamoasining ta’lim islohotlari, xalqaro hamkorlik va ilmiy tadqiqotlar yo‘nalishidagi yutuqlari alohida e’tirof etildi.

Tadbir davomida Markaziy Osiyo xalqlari tillari va madaniyati instituti direktori Jo‘liboy Eltazarovga reytingdagi o‘rinni tasdiqlovchi maxsus guvohnoma topshirildi. Shuningdek, reyting natijasiga hissa qo‘shgan professor-o‘qituvchilarga rektor tashakkurnomalari topshirildi.

Jo‘liboy Eltazarov o‘z ma’ruzasida institut jamoasining ilmiy faoliyati va erishilgan natijalar haqida batafsil to‘xtalib o‘tdi. Institut direktorining o‘rinbosari Nurali Hamidov esa “Top-300: Akademik mahorat va xalqaro nufuz” mavzusida chiqish qilib, lingvistika yo‘nalishida xalqaro reytinglarda muvaffaqiyatli ishtirok etish mexanizmlarini tushuntirdi.

Tadbir yakunida institutning Amaliy tilshunoslik, o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish metodikasi kafedrasi mudiri, professor Ibodulla Mirzayev so‘zga chiqib, universitet jamoasini erishilgan natija bilan tabrikladi.

Navoiydanman. Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining Internet jurnalistika yoʻnalishini tamomlaganman. “Daryo”da 2026-yildan buyon Mahalliy xabarlar boʻlimida muharrir sifatida faoliyat yuritib, yangiliklar va jamlanmalar yozaman. Zemekisning “Forrest Gamp” filmini 20 martadan koʻproq tomosha qilganman. Kafkaning “Qalʼa” romanini qayta-qayta oʻqiyman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar