Daryo

Nomzodlar turniri. Javohir Sindorov ikkinchi davrani durang bilan boshladi

O‘zbekistonlik grossmeyster musobaqaning 8-turida FIDE bayrog‘i ostida ishtirok etayotgan Andrey Yesipenko bilan durang o‘ynadi.

1 daqiqa o‘qish3 478 ko‘rishlar0 izoh1

Kiprda o‘tkazilayotgan shaxmat bo‘yicha 2026-yilgi Nomzodlar turniri o‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindorov uchun muvaffaqiyatli davom etmoqda. Musobaqaning ikkinchi davrasini (8-tur) boshlab bergan bahsda Sindorov FIDE bayrog‘i ostida ishtirok etayotgan rossiyalik grossmeyster Andrey Yesipenko bilan durang o‘ynadi. Har ikki shaxmatchi 22-yurishdan so‘ng durangga rozi bo‘ldi. Ushbu natija evaziga Javohir 6,5 ochko bilan turnir jadvalidagi peshqadamligini saqlab qoldi.

O‘zbekistonlik shaxmatchilar orasida ilk bor Nomzodlar turnirida qatnashayotgan Javohir Sindorov musobaqani mag‘lubiyatsiz davom ettirmoqda. U ortda qolgan turlarda Andrey Yesipenko, Rameshbabu Pragnanandha, Fabiano Karuana, Hikaru Nakamura va Vey I kabi jahonning eng kuchli shaxmatchilari ustidan g‘alaba qozondi. O‘zbekistonning ikkinchi raqamli grossmeysteri Mattias Blubaum, Anish Giri va Andrey Yesipenko (ikkinchi o‘yin) bilan durangga imzo chekdi.

Eslatib o‘tamiz, 15-aprelga qadar davom etadigan ushbu turnir g‘olibi amaldagi jahon chempioni, hindistonlik Gukesh Dommarajuga qarshi shaxmat toji uchun kechadigan bahsda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi. 700 ming AQSH dollari miqdoridagi sovrin jamg‘armasiga ega musobaqa ikki davradan (14 ta tur) iborat.

Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumanida tug‘ilganman. Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Sport jurnalistikasi fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2025-yil dekabr oyidan beri sport muxbiri lavozimida ishlayman va maxsus videomateriallar, tarjima maqolalar hamda xabarlar tayyorlayman. Sevimli filmim “Forrest Gamp”. “Shamol ortidan yugurib” (Xolid Husayniy) romanini yaxshi koʻraman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar