Daryo

Yaqin Sharqqa dengiz kuchlaridan iborat AQSH kemasi keldi

AQSH ulardan Eron orollarni egallab olib, Hormuz bo‘g‘ozini ochishga bosim vositasi sifatida foydalanishi mumkin.

1 daqiqa o‘qish12 796 ko‘rishlar0 izoh2

AQSH harbiy-dengiz kuchlarining “Tripoli” desant kemasi AQSH Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) mas’ul hududga yetib keldi. 

Kemaning aniq joylashuvi ochiqlanmagan, biroq avvalroq uning Yaqin Sharqqa yetib borishi xabar qilingandi. U 31-dengiz piyodalari ekspeditsion otryadi tarkibidagi desant guruhi flagmani hisoblanadi.

“Guruhga 3,5 mingga yaqin dengizchi, dengiz piyodalari, transport va zarba beruvchi aviatsiya, shuningdek, hujumkor va taktik vositalar kiradi”, deyiladi xabarida.

Bungacha kema Yaponiyada joylashgan edi. AQSH oʻzining dengiz piyodalaridan Eronning janubiy qirg‘og‘idagi bir yoki bir nechta orollarni egallab olish va ulardan Hormuz bo‘g‘ozini ochishga bosim vositasi sifatida foydalanishi mumkin.

Ommaviy axborot vositalariga ko‘ra, Pentagon AQSH Quruqlikdagi qo‘shinlarining 82-havo-desant diviziyasidan qariyb 2 ming harbiyni Yaqin Sharqqa yuborishni buyurgan. Bu esa mintaqadagi qo‘shimcha quruqlik qo‘shinlari sonini deyarli 7 ming nafarga yetkazadi.

Financial Times ma’lumotlariga ko‘ra, umumiy harbiylar soni 10 mingga yetishi mumkin. Ular orasida Yaqin Sharqqa “Tripoli” desant kemasi bilan birga kelishi kutilayotgan 31-ekspeditsion otryad dengiz piyodalari hamda uch-to‘rt hafta ichida mintaqaga kelishi rejalashtirilgan “Bokser” (USS Boxer) kemasi boshchiligidagi desant guruhi harbiylari ham bor.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar