Daryo

Eron bilan urushda 300 dan ortiq AQSH harbiysi jarohatlangan bo‘lishi mumkin — ABC News

Jarohatlarga Eron dronlari va boshqa portlovchi qurilmalar sabab bo‘lgan.

1 daqiqa o‘qish6 905 ko‘rishlar0 izoh4

Qariyb bir oydan beri davom etayotgan AQSHning Eronga qarshi urushi davomida kamida 303 nafar amerikalik harbiy jarohatlangan bo‘lishi mumkin. Bu haqda ABC News telekanali amerikalik mansabdor shaxsga tayanib xabar berdi.

Jarohatlanganlarning 273 nafari davolanib xizmatga qaytgan, 10 nafari esa og‘ir tan jarohati olgan. Mansabdorning so‘zlariga ko‘ra, bu jarohatlarga Eron dronlari va boshqa portlovchi qurilmalar sabab bo‘lgan.

“Jarohatlarning aksariyati bosh miya shikastlanishi bo‘lib, ular xotira bilan bog‘liq muammolar, migren, charchoq va ko‘plab kognitiv buzilishlarni keltirib chiqarishi mumkin”, deyiladi xabarda.

Avvalroq Eron urush davomida yuzlab AQSH harbiylari halok bo‘lganini da’vo qilgan. Xususan, 4-mart kuni Eronning “Xotam al-Anbiyo” markaziy harbiy qo‘mondonligi shtabi Eronning Dubayga bergan zarbasi oqibatida 100 dan ortiq amerikalik dengiz piyodasi halok bo‘lganini ma’lum qildi.

27-mart kuni The Wall Street Journal gazetasi AQSH prezidenti Donald Trampning Eron bilan muzokaralar samarali kechayotgani haqidagi bayonotlari fonida Pentagon Yaqin Sharqdagi vaziyatni nazorat qilish uchun 10 000 ga yaqin harbiy xizmatchini jo‘natishi mumkinligi haqida yozdi.

Andijondanman. Oʻzbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamda Xalqaro Nordik universitetini (magistr) tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri muxbir boʻlib ishlayman va maxsus materiallar, tenderlar, sud hukmlari, tarjimalar bilan shugʻullanaman. 2025-yilda “Oltin qalam” milliy mukofotini olganman. Tarixiy film va seriallarni koʻrishni xush koʻraman. Eng sevimli asarim Togʻay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” kitobidir.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar