Daryo

Netflix Megan Markl tufayli millionlab dollar zarar ko‘rdi

2020-yilda qirollik oilasini tark etgan shahzoda Garri va Megan Markl Netflix bilan jami 100 million dollarlik shartnoma imzolagan edi.

1 daqiqa o‘qish14 765 ko‘rishlar0 izoh5

Sasseks gersoginyasi Megan Markl o‘zining “As Ever” brendi ostidagi loyihalari bilan Netflix kompaniyasini katta miqdordagi qarz va zararlarga qoldirdi.

Netflix’ning moliyaviy inqirozi “As Ever” brendi ostidagi hamkorlik e’lon qilinganidan bor-yo‘g‘i 11 oy o‘tib to‘xtatilgani bilan bog‘liq. Mazkur brend Megan Marklning “With Love, Meghan” (“Hurmat bilan, Megan”) nomli shousi bilan bir vaqtda ishga tushirilgan edi. Biroq ushbu loyiha uchinchi mavsumga qaytmaydigan bo‘ldi.

“Netflix ushbu kelishuvga strategik maqsadlarda millionlab dollar sarmoya kiritgan edi, biroq kutilgan foyda o‘rniga faqat zarar ko‘rildi. Kompaniya rahbariyati loyihani davom ettirishdan ma’no ko‘rmay, mavjud qarzlar bilan hamkorlikni yakunlashga qaror qildi”, dedi insayderlardan biri.
Foto: Netflix

Hamkorlikning yakunlanishiga Megan Markl ishtirokidagi loyihalarning kutilgan natijani bermagani asosiy sabab bo‘lgan. Xususan, gersoginyaning ko‘rsatuvi muvaffaqiyatsizlikka uchragach, platforma rahbariyati brend bilan aloqalarni davom ettirishdan mantiq ko‘rmagan. Netflix vakili e’lon qilgan rasmiy bayonotda shunday deyiladi:

“Meganning kundalik ishlarni nafis va oddiy usullarda taqdim etishga bo‘lgan ishtiyoqi ‘As Ever’ brendining yaratilishiga turtki bo‘lgan edi. Biz ushbu g‘oyani hayotga tatbiq etishda ishtirok etganimizdan mamnunmiz”.
Foto: Netflix

Kompaniyaning qayd etishicha, endilikda Megan Markl ushbu brendni mustaqil ravishda rivojlantiradi. Netflix esa gersoginyaning kelgusi faoliyatini kuzatishda davom etadi. Kelgusida “Hurmat bilan, Megan” shousining ayrim maxsus sonlari yana ushbu platformada paydo bo‘lishi ehtimoldan xoli emas.

Foto: Netflix

Eslatib o‘tamiz, 2020-yilda qirollik oilasini tark etgan shahzoda Garri va Megan Markl Netflix bilan jami 100 million dollarlik shartnoma imzolagan edi. Ushbu hamkorlik doirasida bir nechta yirik loyihalar taqdim etildi:

• “Garri va Megan” (2023) hujjatli filmi — platforma uchun haqiqiy xitga aylandi va rekord darajada ko‘rildi.

• “Polo” hujjatli filmi va “Hurmat bilan, Megan” ko‘rsatuvlari esa tomoshabinlar e’tiborini torta olmadi.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar