Daryo

Tramp Eronning Xarg orolini bosib olmoqchi — Axios

Eron Hormuz boʻgʻozini ochishi uchun oroldan bosim sifatida foydalanish koʻrib chiqilmoqda. Xargga qoʻshin yuborish istisno etilmagan.

1 daqiqa o‘qish6 059 ko‘rishlar0 izoh5

AQSH prezidenti ma’muriyati Eronning Xarg orolini bosib olish yoki blokada qilish masalasini koʻrib chiqmoqda. Bu haqda anonim manbalarga tayanib, Axios portali xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Tramp ma’muriyati bu orqali Eronga Hormuz bo‘g‘ozini ochishi uchun bosib oʻtkazmoqchi.

“U Hormuzning ochilishini istaydi. Agar Xarg orolini bosib olishi kerak bo‘lsa, bu sodir bo‘ladi. Agar qirg‘oqqa bostirib kirishga qaror qilinsa, bu amalga oshadi. Ammo hozirda yakuniy qaror qabul qilinmagan”, dedi ma’muriyatning yuqori lavozimli vakili.

Yana bir amaldorning aytishicha, AQSH prezidentlari oʻz davridagi mojarolarda quruqlikdagi qoʻshinlardan foydalanib kelgan.

“Bilaman, bu ommaviy axborot vositalarining diqqat markazidagi mavzu va men siyosatni tushunaman, biroq prezident to‘g‘ri deb hisoblagan qarorni qabul qiladi. Hozircha hech qanday qaror yo‘q”, dedi ikkinchi yuqori martabali mulozim.

Fors ko‘rfazida joylashgan, uzunligi qariyb 8 kilometr bo‘lgan Xarg oroli Eron uchun muhim neft markazi hisoblanadi. Mamlakat neft eksportining qariyb 90 foizi shu orol orqali amalga oshiriladi. Urushning dastlabki ikki haftasida orol AQSH-Isroil hujumlaridan deyarli chetda qolgandi.

Biroq o‘tgan hafta AQSH oroldagi harbiy inshootlarni bombardimon qildi, neft eksport qilinadigan obyektlar hujumga uchramadi. Tramp agar Eron yoki boshqa davlatlar kemalarning Hormuz bo‘g‘ozidan xavfsiz o‘tishiga “qandaydir tarzda xalaqit bersa”, neft obyektlari hujumga uchrashini istisno etmadi. Eronning AQSH va Isroil hujumlariga javoban kemalarga hujum qila boshlaganidan so‘ng Hormuzda harakatlanish to‘sib qo‘yilgan va bu neft narxining keskin oshishiga olib keldi.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar