Daryo

Eronlik shaxmatchilar Rossiyaning yordam taklifini rad etib, urush bo‘layotgan vataniga qaytib ketdi

Moskvada yakunlangan “Aeroflot Open” xalqaro turnirida ishtirok etgan barcha eronlik shaxmatchilar Rossiyada qolishdan bosh tortib, vataniga qaytdi. Mintaqada harbiy nizolar boshlangach, Rossiya tomoni ularga turar joy va oziq-ovqat bilan ta’minlash bo‘yicha yordam taklif qilgan.

1 daqiqa o‘qish19 369 ko‘rishlar0 izoh49

Moskvada yakunlangan “Aeroflot Open” xalqaro turnirida ishtirok etgan barcha eronlik shaxmatchilar Rossiyada qolishdan bosh tortib, vataniga qaytdi. Bu haqda Rossiya shaxmat federatsiyasi (RSHF) ijrochi direktori Aleksandr Tkachev ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, turnirda Eronning olti nafar sportchisi, jumladan, mamlakat terma jamoasining ikki nafar a’zosi ishtirok etgan. Mintaqada harbiy nizolar boshlangach, Rossiya tomoni ularga turar joy va oziq-ovqat bilan ta’minlash bo‘yicha yordam taklif qilgan.

“Meni hayratda qoldirgan jihati — ularning barchasida imkon qadar tezroq vataniga qaytish istagi bo‘ldi. Biz zudlik bilan yangi aviachiptalar xarid qildik. Natijada barcha sportchilar va ularning oila a’zolari Armaniston orqali Eronga yo‘l oldi. Birinchi guruh 6-martga o‘tar kechasi, oxirgi guruh esa 8-mart kuni jo‘nab ketdi”, deydi Tkachev.

RSHF vakili eronlik yosh sportchilarning og‘ir vaziyatda o‘z yurtiga qaytish qarorini yuqori baholadi:

“Ularning ruhiyati tahsinga loyiq. Urush boshlanganda ba’zi sportchilar qiyinchiliklardan qochib, fuqaroligini o‘zgartirayotgan bir paytda, eronliklar uylariga qaytishni yagona to‘g‘ri yo‘l deb bildi”.

Ma’lumot uchun, 5-mart kuni yakuniga yetgan “Aeroflot Open” turnirida rossiyalik Yan Nepomnyashiy g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar