Daryo

Saudiyadagi AQSH elchixonasiga dronlar hujum qildi

Tramp tez orada mazkur hujum va amerikalik to‘rt harbiyning o‘limiga javob qaytarilishini e’lon qildi. Saudiya diplomatik kvartaldagi to‘rtta dronni tutib olgan.

1 daqiqa o‘qish7 398 ko‘rishlar0 izoh8

AQSHning Ar-Riyod shahridagi (Saudiya Arabistoni) elchixonasiga ikkita dron kelib urildi, obyektda yong‘in chiqdi. Bu haqda Saudiya Mudofaa vazirligiga tayanib Al Jazeera xabar berdi.

Vazirlik bayonotiga ko‘ra, hujum 3-mart kuni tongda amalga oshirilgan, oqibatda majmuaga “kichik moddiy zarar” yetgan. AQSH prezidenti Donald Tramp elchixonaga uyushtirilgan hujum va to‘rt nafar amerikalik harbiyning o‘ldirilishiga javob tez orada oydinlashishini aytdi.

“Buni tez orada bilib olasiz”, dedi u.

​

Hujumdan so‘ng Ar-Riyodning xorijiy vakolatxonalar joylashgan diplomatik kvartali ustida qora tutun ko‘tarilgan. Reuters agentligiga uch kishi elchixonada kuchli portlash ovozi eshitilgani va alanga ko‘ringanini aytgan. Biroq Saudiya Arabistoni Mudofaa vazirligi va manbalardan biri agentlikka dron hujumidan keyingi yong‘in kichik hajmda bo‘lganini ta’kidladi.

Hujum vaqtida elchixona binosi bo‘sh bo‘lgan, qurbonlar qayd etilmagan. Saudiya Arabistonining havo hujumidan mudofaa kuchlari Ar-Riyodning diplomatik kvartaliga hujum uyushtirgan to‘rtta dronni tutib olgan.

Al Jazeera muxbiri Mayk Xanna AQSH yirik mojaroga kirishgan bir paytda Trampning alohida OAVga qisqa ma’lumotlar berishini “misli ko‘rilmagan holat” deb atadi.

“Mojaro boshlanganidan beri u muxbirlarga qo‘ng‘iroq qilib, kichik ma’lumotlar ulashmoqda. Bu prezidentning mojaro paytida o‘zini qanday tutishi nuqtayi nazaridan mutlaqo misli ko‘rilmagan holat va bu Amerika jamoatchiligining katta qismini o‘ylantiradigan savol”, dedi Xanna,

AQSH elchixonasi hujumlar fonida Ar-Riyod, Jidda va Zahron shaharlaridagi Amerika fuqarolarini “boshpanada qolish” haqida ogohlantirdi. Elchixona bayonotida fuqarolarga obyektga qilingan hujum sababli darhol xavfsiz joyga o‘tish va keyingi xabargacha elchixonadan uzoqroq turish tavsiya etilgan.

“Biz Qirollikdagi Amerika fuqarolariga zudlik bilan boshpana topishni va obyektga hujum qilingani sababli keyingi ogohlantirishgacha elchixonaga bormaslikni tavsiya qilamiz. AQSHning Saudiya Arabistonidagi missiyasi mintaqadagi vaziyatni kuzatishda davom etmoqda”, deyiladi elchixona xabarida.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar