Daryo

BAA prezidenti Eron hujumlari fonida Dubai Mall’ni sayr qildi (video)

Unga Dubay valiahd shahzodasi va yuqori martabali rasmiylar hamrohlik qilgan. Mazkur sayr hujumlar fonida aholi va sayyohlarni tinchlantirish sifatida baholanmoqda.

1 daqiqa o‘qish6 488 ko‘rishlar0 izoh3

BAA prezidenti Muhammad bin Zoid Ol Nahayon va Dubay valiahd shahzodasi Hamdan bin Muhammad bin Rashid Ol Maktum Eronning hujumlari fonida Dubai Mall savdo-koʻngilochar markazida sayr qilib, kechki taom tanovul qildi. Bu haqda Anadolu xabar berdi.



Prezidentga yuqori martabali rahbarlar hamrohlik qilgan. Ular sayrdan soʻng Dubai Mall’dagi qahvaxonalardan birida ovqatlangan. Mamlakat yetakchisining jamoat joyida paydo bo‘lishi ijtimoiy tarmoqlarda faol reaksiyaga sabab bo‘ldi. Foydalanuvchilar prezidentning suratlarini joylashtirib, unga odatiy hayotni qo‘llab-quvvatlayotgani uchun minnatdorlik bildirdi.

28-fevral kuni AQSH va Isroil Eronga qarshi harbiy operatsiya boshladi, shundan so‘ng Tehron Isroil va Yaqin Sharqdagi Amerika bazalariga zarbalar berdi. BAAda Eron hujumlari oqibatida fuqarolik obyektlari, jumladan, Dubay xalqaro aeroporti ham zarar ko‘rdi.

Fors ko‘rfazi davlatlari hamkorlik kengashi (Bahrayn, Kuvayt, BAA, Ummon, Qatar va Saudiya Arabistonidan iborat) Tehron harakatlariga javoban qarshi zarbalar bilan tahdid qilgan. 2-mart kuni BAA Mudofaa vazirligi mamlakat hududiga 35 ta dron qulaganini ma’lum qildi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, BAAda uch kishi halok bo‘lgan, 68 kishi jarohatlangan.

Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer Fors ko‘rfazi mamlakatlarini Eron dronlari hujumidan himoya qilishga va’da berdi. Buning uchun u Ukrainadan harbiylarni jalb etishni taklif qildi. O‘z navbatida, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy agar bu davlatlar rahbarlari Vladimir Putinni Rossiya-Ukraina urushida bir oylik sulhga rozi bo‘lishga ko‘ndirsa, Eron dronlarini tutib olish bo‘yicha eng yaxshi mutaxassislarni Yaqin Sharqqa yuborishga tayyorligini aytdi.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar