Daryo

Maykl Kerrik “Manchester Yunayted”da qoladimi? Romano masalaga oydinlik kiritdi

Insayderga ko‘ra, jamoa ichidagi muhit ijobiy tomonga o‘zgargan va rahbariyat mutaxassisni doimiy murabbiy sifatida tayinlash imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda.

1 daqiqa o‘qish2 746 ko‘rishlar0 izoh2

Taniqli insayder Fabritsio Romano “Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Maykl Kerrikning kelajagi haqidagi yangiliklarni ma’lum qildi.

“Shuni ayta olamanki, hafta sayin Kerrik atrofidagi muhit tobora ijobiy tomonga o‘zgarmoqda. Bu 2026-yilning yozida “Manchester Yunayted”ning doimiy bosh murabbiyi kim bo‘lishi borasida hamma narsa hal bo‘ldi degani emas. Vaqt hali yetarli, yakuniy xulosalar chiqarishga erta. Biroq “Manchester Yunayted”da muhit a’lo darajada. Futbolchilar Maykl Kerrikdan juda mamnun. Klubdagilar Kerrikda doimiy bosh murabbiy bo‘lib qolish uchun real imkoniyatlar borligini his qilishmoqda”, deya ta’kidlagan Romano o‘z podkastida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, klubning dastlabki rejasi Kerrik uchun o‘zini ko‘rsatishga imkoniyat berish va parallel ravishda boshqa nomzodlarni ko‘rib chiqishdan iborat bo‘lgan. Ammo samarali ish va g‘alabalar tufayli murabbiy klub ichidagi o‘z pozitsiyasini mustahkamlamoqda.

“Takrorlayman, qaror hali qabul qilinmadi. Bu shunchaki klub ichidagi har hafta kuchayib borayotgan hissiyot, xolos. Lekin hozir Kerrikda imkoniyat bor. Voqealar rivojini kuzatamiz”, deya qo‘shimcha qildi mutaxassis.

Ma’lumot uchun, “Manchester Yunayted” Kerrik qo‘l ostida yetti o‘yindan oltitasida g‘alaba qozongan. Bir uchrashuvda esa durang qayd etilgan.

Avvalroq mankunianliklar yozgi transfer oynasi vaqtida “Nottingem Forest” yarim himoyachisi Elliot Andersonni o‘z safiga qo‘shib olish uchun “Manchester Siti” bilan raqobatlashayotgani xabar qilingan edi.

Ma’lumot uchun, Angliya Premyer Ligasi 28-turidan o‘rin olgan bahsda “Manchester Yunayted” o‘z maydonida “Fulhem” ustidan g‘alaba qozondi. Uchrashuv Brunu Fernandesh va Benyamin Sheshko gol kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Mazkur g‘alabadan so‘ng “Manchester Yunayted” 51 ochko bilan 3-o‘ringa ko‘tarildi.

Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumanida tug‘ilganman. Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Sport jurnalistikasi fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2025-yil dekabr oyidan beri sport muxbiri lavozimida ishlayman va maxsus videomateriallar, tarjima maqolalar hamda xabarlar tayyorlayman. Sevimli filmim “Forrest Gamp”. “Shamol ortidan yugurib” (Xolid Husayniy) romanini yaxshi koʻraman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar